Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:37

Facebook askiyalari narxi 30 foizga oshdi


Facebook ijtimoiy tarmog'ining aksiyalari narxi bir kunda 30 foizga ko'tarildi. Ayni damda tamroqning bir dona aksiyasi 34 AQSh dollari atrofida sotilmoqda.

Facebook aksiyalarining qimmatlashiga shirkatning so'nggi chorak bo'yicha e'lon qilgan moliyaviy hisobotidagi ijobiy ko'rsatkichlar sabab bo'ldi.

Hisobotga ko'ra, Facebook shurkatining daromadi o'tgan yilga nisbatan 53 foizga o'sgan - 2013 yilning ikkinchi choragida shirkat 1,81 millard dollarlik daromad ko'rgan.

Facebook o‘z qimmatbaho qog‘ozlarini doimiy sarmoyadorlar uchun 2012 yilning may oyida AQShning NASDAQ birjasiga chiqargan edi.

Sotuvlarning birinchi kunida tarmoqning aksiyalari 38 dollardan sotilib, tarmoqning umumiy narixini 106 milliard dollarga yetkazgan edi.

Biroq Facebook aksiyalari birjaga chiqqanidan bir necha oy o'tib 18 dollargacha tushib ketgan edi.

Facebook 2004 yili o'sha vaqtda 20 yoshga kirgan Mark Zukerberg va uning do'stlari tarafidan Garvard universiteti yotoqxonasida ishlab chiqilgan edi.

Bugungi kunda 1 milliard 150 million foydalanuvchisi bor Facebook dunyodagi eng katta ijtimoiy tarmoq hisoblanadi.

Facebookdagi o'zbekistonliklar soni esa 240 ming kishini tashkil etadi.
XS
SM
MD
LG