Линклар

Inson huquqlari faollari sport kiyimlari ishlab chiqaradigan Nike shirkatini majburiy bolalar mehnati evaziga yetishtiriladigan o‘zbek paxtasini sotib olishdan voz kechishga chaqirmoqda.

AQShdagi Xalqaro mehnat huquqlari forumi, qullikka qarshi kurashuvchi Anti-Slavery International hamda Berlindagi O‘zbekiston-Germaniya forumi kabi tashkilotlar Nike shirkatiga murojaat etib, o‘zbek paxtasini boykot qilishni so‘ragan.

Yuzdan ziyod faol imzo chekkan so‘rovnomada Nike qullar mehnati ortidan boylik orttirayotgan Daewoo International kompaniyasi bilan ongli ravishda savdo munosabatlarini yuritayotganidan taassuf bildiriladi.

Daewoo Janubiy Koreyaning xalqaro kompaniyalaridan biri. U H & M, The Limited, C & A, i Levis kabi dunyodagi eng mashhur kiyim-kechak shirkatlarining qora ro‘yxatiga kiritilgan.

O‘zbekiston hukumati paxta yetishtirishda bolalar mehnatidan foydalanilishini rad etib keladi.
XS
SM
MD
LG