Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:33

Sevara Nazarxon Pelageya bilan o'zbekcha duet qo'shiq ijro etdi


Rossiyalik mashhur folk-rok xonandasi Pelageyaning taniqlik o'zbek qo'shiqchisi Sevara Narazxon bilan birgalikda saxnaga chiqish orzusi amalga oshdi.

Sevara Nazarxon yakshanba kuni Moskva shahrida o'tgan "Pole-Music" musiqa festivalida Pelageya bilan o'zbek tilida duet qo'shiq ijro etdi.

Eslatamiz, 2012 yili Rossiya Birinchi jamoatchilik telekanali tarafidan uyushtirilgan "Golos" teleloyihasida qatnashgan Sevara Nazarxon hakamlik qilgan Pelagayaning duet qo'shiq ijro etish taklifiga rozi bo'lgan edi.


"Golos" teleloyihasida rossiyalik taniqli xonanda Leonid Agutin qo'l ostida qatnashgan Nazarxon loyiha finaligacha yetib bormagan va bu ko'plab o'zbekistonlik musiqasevarlarning noroziligiga sabab bo'lgan edi.


Sevara Nazarxon haqida

Sevara Nazarxon 1978 yili Andijonda tug‘ilgan.
Avvaliga G‘anijon Toshmatov rahbarligidagi "Dutorchi qizlar" ansamblida milliy musiqadan saboq olgan.
Keyinchalik Sevara Nazarxon G‘anijon Toshmatovning o‘g‘li Mansur Toshmatov tashkil qilgan “Sideris” pop-musiqa guruhiga o‘tgan.
“Sideris”da qaddini rostlagan Sevara Nazarxon sal o‘tmay bu guruhni tark etib, yakkaxon xonanda sifatida faoliyat boshladi.
Sevara Nazarxon britaniyalik musiqachi Piter Gabriyel bilan birgalikda kuylab, albom chiqargan.
2005 yilda BBC Music Awards tanlovida qatnashgan Sevara Nazarxon “Osiyoning yaxshi ijodkori”, degan nominatsiyada mukofot oldgan ei.
XS
SM
MD
LG