Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:15

Blog: MMBda ma‘lumotnoma mashmashasi


Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasining Manzil ma‘lumotlar byurosi
Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasining Manzil ma‘lumotlar byurosi
Ozodlik bloggeri Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasining Manzil ma‘lumotlar byurosida ko‘rgan-kechirganlarini yozar ekan, bu gal bir parcha qog‘ozni olish yo‘lida poytaxtliklar va poytaxt mehmonlari duch kelayotgan muammolarga mushtariylar e‘tiborini tortdi.

Ishingiz tushganmi-yo‘qmi, Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasining Manzil ma‘lumotlar byurosi (MMB) bor. Byuro deganimiz poytaxti azimda ro‘yxatda turuvchi (doimiymi, vaqtinchami – farqi yo‘q) fuqarolarning hisobini yuritadi.

Tunov kuni MMBga ishim tushib qoldi. Nihoyati bir parcha ma‘lumotnoma olish kerak. Ma‘lumotnomaki, “fuqaro falonchi Toshkent shahrining falon manzilida ro‘yxatdan o‘tgan” degan mazmunda.

O‘zi, hujjat bilan shug‘ullanadigan idoralarga, ayniqsa, pasport stoliga borishga yurak bezillab qolgan. “Sarsongarchilik”, “asabbuzarlik”, “dilxiralik”, “dag‘allik”, “qo‘pollik”... ishqilib, lug‘atimizdagi salbiy ma‘no kasb etgan ancha-muncha so‘zlarning ma‘no-mazmunini lo‘nda qilib tushuntirib qo‘yishadi-da.

Ma‘lumotlar byurosida ham shu ahvol ekan. Katalakdek xona. Bir odamning boshi bemalol sig‘adigan darcha. Erkagu ayol, yoshu qari, ishchiyu xizmatchi – bir dunyo odam haq deb “isparapka”ga navbatda turibdi. Xonaga sig‘maganlar tashqarida kutyapti.

To‘rt enlikkina ma‘lumotnoma olish bir necha soatga cho‘ziladi. Kamiga, qoshi asabiy chimirilgan xodimlarning dimog‘-firog‘ini ayting! Xuddi otasidan qolgan merosdan sizga ham ulush ajratayotgandek dag‘dag‘a qiladi.

Har bir ma‘lumotnoma uchun 1000 so‘mdan olinyapti, lekin negadir kvitantsiya berilmayapti.

Manzil ma‘lumotlar byurosi – ichki ishlar tizimidagi bir tuzilma.

Demak, pasport stoli fuqarolarni ovora qilib, MMBdan ma‘lumotnoma olib kelishga yubormay, o‘sha axborotni ichki ishlar idorasining kompьyuter tarmog‘idan olib qo‘ysa ham bo‘ladi. Lekin bunday yo‘l tutilmaydi.

Tushuning-da, unda, ma‘lumotnoma ulashishdan tushayotgan jaraq-jaraq pul o‘rni qayerdan qoplanadi? MMBning “yuksak malakali” xodimlari qayerdan ish topadi?

Sinchkov fuqaro
XS
SM
MD
LG