Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:01

AQSh oddiy askari 128 yilga qamalishi mumkin


Wikileaks saytiga sir saqlanuvchi ma‘lumotlarni taqdim etgan oddiy askar Bredli Menningdan AQSh sudi dushman bilan hamkorlik qilish ayblovini olib tashladi.

Biroq seshanba kuni o‘tgan sudda Menning josuslik, o‘g‘rilik, kompyuter tovlamachiligi kabi 19 ayblov yuzasidan aybdor deb topildi.

AQSh armiyasidagi razvedka bo‘linmasi tahlilchisi bo‘lgan Menning Wikileaks saytiga Amerika qurolli kuchlarining Afg‘oniston va Iroqdagi harbiy amaliyotlari hamda diplomatik yozishmalarga oid 700 ming sahifadan ko‘proq ma‘lumotlarni taqdim etganini tan oldi.

Meningga bildirilgan ayblovlar bo‘yicha jazo muddati 128 yilni tashkil qiladi. Mazkur ish yuzasidan sud tinglovi 31 iyul kuni boshlanadi.
XS
SM
MD
LG