Линклар

AQShning Apple shirkati tez kunlarda ko'pchilikka tanish iPhone smartfonining arzonlashtirilgan versiyasini sotuvga chiqarishi mumkin.

Bu haqda qator texnobloglar online forumlar va Apple mahsulotlariga aksessuarlar ishlab chiqaruvchi shirkatlardagi manbalariga asoslanib xabar berishmoqda.

Mashable nashrining taxmin qilishicha, arzonlashtirilgan iPhone telefonlari iPhone 5C nomi ostida sotuvga chiqadi.

Bunday taxminga WeiPhone online forumi (Xitoy) foydalanuvchilari chop etgan surat sabab bo'ldi. Suratda "iPhone 5C" yozuvi tushirilgan plastik qutilar ask etgan.

Apple shirkati iPhone smartfonining yangi versiyasini an'anaviy tarzda sentyabr oyida e'lon qilishi kutilmoqda. Xabarlarga ko'ra, yangi smartfon iPhone 5S deb nomlanadi.

Arzonlashtirilgan iPhone ham sentabrda o'tadigan taqdimot marosimida iPhone 5S bilan birgalikda e'lon qilinishi aytilmoqda.

Narxi 200 dollar atrofida bo'lishi kutilayotgan arzon iPhone asosan plastik va boshqa qimmat bo'lmagan materiallardan tayyorlanishi, biroq dasturiy jihatdan asosiy iPhone dan qolishmasligi tahmin qilinmoqda.
XS
SM
MD
LG