Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:43

Bugun O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida test sinovlari bo‘lib o‘tadi


Bugun, 1 avgust kuni O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlarida test sinovlari o‘tkaziladi.

Davlat test markazi ma‘lumotiga ko‘ra, mamlakat oliygohlariga jami 480 ming 405 nafar abituriyent qabul qilindi.
Toshkent tibbiyot akademiyasining Farg‘ona filialiga eng ko‘p hujjat topshirildi. Bu yerga 115ta o‘rin uchun jami 2 ming 599 nafar abituriyent hujjat topshirgan. Bu mamlakat bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lib, bitta o‘rin uchun 22,60 nafar abituriyent da‘vogarlik qiladi.
Toshkentdagi Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida eng past ko‘rsatkich qayd etilgan. Bu yerda bitta o‘ringa 2,02 da‘vogar bor.
480 ming 405 abituriyendan faqat 56 ming 722 nafari talabalik baxtiga muyassar bo‘ladi. Ya‘ni har bir o‘rin uchun 8,47 abituriyent da‘vogarlik qilayapti.

Test sinovlari tufayli O‘zbekistondagi uyali aloqa operatorlari 1 avgust kuni ertalab soat 8:30dan 13:30gacha qo‘shimcha aloqa xizmatlari – SMS, MMS va mobil internet xizmatlarini o‘chirib qo‘yadi.

Mazkur chora-tadbirlar abiturentlarning sinov payti shpargalkalardan foydalanishi va boshqa soxtakorliklarning oldini olish maqsadida amalga oshirilayotgani iddao qilinadi.
XS
SM
MD
LG