Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 13:24

Olam.uz sayti O‘zbekistonda rasman ro‘yxatga olindi


O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Olam.uz saytini ommaviy axborot nashri sifatida ro‘yxatga olgan. Bu haqda agentlik saytida xabar qilindi.

Lekin, sayt muassisi kimligi, qachon ro‘yxatga olingani to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.

O‘tgan yili o‘quvchilar soni bo‘yicha WWW.uz reytingida ikkinchi o‘ringa chiqib olgan Olam.uz sayti yanvar oyi boshida “texnik sababga ko‘ra”, deb yopilgan edi.

Ayrim manbaalar sayt yopilishiga uning noshirlariga qarshi jinoiy ish ochilgani sabab bo‘lgani haqida xabar qilgan edi.

Olam.uz sayti o‘tgan yil ohiriga qadar O‘zbekistonda eng ko‘p kiriladigan veb-sahifalardan bo‘lib, kuniga 26 ming kishi tashrif buyurgani aytiladi.
XS
SM
MD
LG