Линклар

O‘zbekiston internet foydalanuvchilari orasida mashhur bo‘lgan www.torg.uz bepul e‘lonlar vebsayti iOS tizimida ishlovchi apparatlar uchun o‘z ilovasini yaratdi.

Ilova Apple shirkatining iPhone 3GS, iPhone 4, 4S, 5, iPod, iPad va iPad mini kabi smartfon va planshertlariga bepul yuklanishi mumkin.

Torg.uz saytiga ko‘ra, ilova vebsaytdagi e‘lonlarni o‘qish va mobil uskunalar yordamida e‘lonlarni saytga joylash kabi funktsiyalarga egadir.

2004 yilda ishga tushirilgan Torg.uz xizmati ayni damda O‘zbekistondagi eng auditoriyasi katta veb-saytlardan biri bo‘lib qolmoqda.

Www.uz statistika xizmatiga ko‘ra, Torg.uz vebsayti mashhurligi bo‘yicha .UZ domenida uchinchi o‘rinda turadi.
XS
SM
MD
LG