Линклар

logo-print
Iroqdagi BMT vakili Georgiy Buztin iyul oyida Iroqda 1057 kishi nobud bo‘lganini e‘lon qildi.

Bu Iroqda so‘nggi besh yil davomida odam eng ko‘p o‘ldirilgan oy sifatida qayd etildi.

Payshanba kuni BMT vakili Iroqning siyosiy rahbarlarini “mantiqsiz qon to‘kilishi oldini olish uchun zudlik bilan choralar ko‘rish”ga chaqirdi.

2008 yil aprelda Iroqda shialar va sunniylar o‘rtasida kelib chiqqan mazhablararo zo‘ravonliklar natijasida 1428 kishi o‘ldirilgan.

Tahlilchilar fikricha, Iroq hukumati va xavfsizlik kuchlarida shialar hukmronlik qilayotgani ozchilikni tashkil qilgan arab sunniylari hafsalasini pir qilgan.

O‘z navbatida bu zo‘ravonliklar sodir etilishiga sabab bo‘lmoqda.

Iroqda 2012 yil oxirida aksar aholisi sunniylar bo‘lgan mintaqalarda boshlangan noroziliklar hozirgacha davom etmoqda.
XS
SM
MD
LG