Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:43

Futbol: Muxlis irjo etgan penalti


Liverpulning "Everton" va Turinning "Yuventus" futbol klublari o'rtasida o'tgan uchrashuvdagi penaltilar seriyasida zarabalarning birini maydonga to'satdan yugurib chiqqan muхlis ijro etdi.

31 avgust kuni o'tgan uchrashuv 1:1 hisobida yakunlangani tufayli g'olib penaltilar seriyasida aniqlanadigan bo'ldi.

"Yuventus" hujumchisi Kvadvo Asamoa 11 metrlik zarbani amalga oshirish uchun to'pga yaqinlashgan bir vaqtda maydonga kutilmaganda darvoza ortidagi muхlislardan biri yugurib chiqdi.

Hech bir qiyinchiliksiz Asamoa oldiga yugurib kelgan muхlis futbolchi o'rniga penalti zarbasini ijro etdi.

"Everton" darvozaboni Tim Xovard muхlisning aniq unga yo'llagan zarbasini osonlik bilan qaytardi.

Ushbu "shou" uchrashuvga kelgan tomoshabinlar va zahiradagi futbolchilar qarsaklariga sazovor bo'ldi.

"Everton" va "Yuventus" o'rtasidagi uchrashuv esa penaltilar seriyasida 6:5 hisobida g'alaba qozongan liverpulliklar g'alabasi bilan yakunlandi.

Mazkur uchrashuv AQShda mavsum oldidan o'tkazilayotgan International Champions Cup tijoriy turniri doirasida bo'lib o'tdi. "Everton" va "Yuventus"dan tashqari turnirda "Real Madrid", "Los-Anjeles Gelaksi", "Milan", "Valensiya", "Chelsi" va "Inter" jamoalari bellashmoqda.
XS
SM
MD
LG