Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:02

Edvard Snouden "VKontakte"da ishlash taklifi oldi


Rossiyadagi taniqli "VKontakte" itjimoiy tamorg'i rahbari Pavel Durov 1 avgust kuni Rossiyada vaqtincha boshpana olgan AQSh razvedkasi sobiq xodimi Edvard Snoudenga ish taklif etdi.

Durov bu haqda 1 avgust kuni o'zining "VKontakte"dagi sahifasida ma'lum qildi.

- Edvardni Peterburgga taklif qilamiz va agar u VKontakte dasturchilarining yulduzli jamoasiga qo'shilishni istasa, biz bunga mamnun bo'lar edik, - deb yozdi tarmoq yetakchisi.

Ushbu yozuvida Pavel Durov amerikalik axborot texnologiyalari bo'yicha mutahassis Edvard Snoudenga mijozlarning shaxsiy ma'lumotlarini himoyalash bo'yicha ish taklif etdi.

- Millionlagan foydalanuvchilarimizning shaxsiy ma'lumotlarini himoya qilish ustida ishlash Edvardni qiziqtirishi mumkin, - deb yozadi Durov.

Sheremetevo aeroportidagi tranzit hududni vanihoyat tark etgan Edvard Snouden hozircha VKontakte rahbarining taklifiga javob bergani yo'q.

Qo‘shma Shtatlar Snoudenni mamlakat maxsus xizmatlarining elektron kuzatuv dasturlariga oid maxfiy ma‘lumotlarni oshkor qilganlikda ayblab, uni qaytarib berishni talab qilmoqda.
Bir qancha ayblov yuklatilayotgan Snouden, agar Qo‘shma Shtatlarga qaytariladigan bo‘lsa, umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
XS
SM
MD
LG