Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 20:41

Gulnora Karimova yana otasidan o‘zib ketdi


O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova internet va ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonlik siyosatchilarning mashhurligi reytingida birinchi pog‘onani egallab turibdi. Mazkur reytingda prezident Islom Karimov ikkinchi o‘ringa qo‘yilgan. Mazkur reyting internet va ijtimoiy tarmoqlardagi yangiliklar, forumlarda siyosatchi necha marta tilga olingani, bu xabarlarni qancha odam izlaganii to‘g‘risidagi raqamlarga tayangan holda tuzilgan.

Postsovet davlatlaridagi iqtisodiy jarayonlarni yoritishga ixtisoslashgan Ukrainadagi “Birjevoy lider” nashri Yandeks izlov tizimi, “Odnoklassnik” ijtimoiy tarmog‘i natijalari asosida tuzgan "O‘zbekistonlik siyosatchilarning internetdagi mashhurligi" reytingida Gulnora Karimova birinchi o‘rinni egallagan.

Mazkur reyting internet va ijtimoiy tarmoqlardagi yangiliklar, forumlarda siyosatchi necha marta tilga olingani, bu xabarlarni qancha odam izlaganii to‘g‘risidagi raqamlarga tayangan holda tuzilgan.

Reyting natijalariga ishonadigan bo‘lsak, iyulь oyida Gulnora Karimova degan so‘z bilan Yandeks izlov tarmog‘ida 8612 odam so‘rov bergan. Bu iyun oyiga qaraganda 2282 taga kamdir. Iyul oyida Gulnora Karimova internetda paydo bo‘lgan 207 xabarning bosh qahramoni bo‘lgan. Bu esa iyunь oyiga qaraganda 49 taga ko‘proqdir.

Prezident Islom Karimov bilan bog‘liq xabarlarni esa iyul oyida Yandeks tarmog‘ida 8395 odam qidirgan. Bu iyunь oyiga qaraganda 13638 taga kamdir.

Bundan kelib chiqadiki, Islom Karimov iyun oyida 22033 ko‘rsatkich bilan reytingning 1-o‘rnini, Gulnora Karimova esa 2-o‘rinni egallagan edi.

Biroq O‘zbekiston prezidenti internetda nashr etilgan xabarlarda tilga olinish bo‘yicha iyulь oyida 1-pog‘onani egallagan. O‘tgan oyda O‘zbekiston prezidenti 526 xabarda tilga olingan. Bu iyunь oyiga qaraganda 152 taga ko‘pdir.

“Birjevoy lider”nashrining yozishicha, iyul oyida Gulnora Karimova va Islom Karimov muhokma qilinishiga sabab bo‘lgan asosiy mavzular Ozodlik radiosida yoritilgan maqolalar bo‘ldi.

“Ozodlik radiosida chop etilgan "O‘zbek malikasi"ning yarim yalang‘och suratlari: yangi va yangi xilma-xil” maqolasi internetda Gulnora Karimova muhokama qilingan asosiy mavzu bo‘ldi”, deb yozadi “Birjevoy lider”.

Nashrning bildirishicha, Islom Karimovning O‘zbekistonda tilanchilar yo‘qligi haqidagi bayonoti yuzasidan chop etilgan maqolalar ham internet foydalanuvchilari tomonidan keng muhokama qilingan.

Reytingda nomi keltirilgan qolgan 32 o‘zbek siyosatchining ko‘rsatkichi O‘zbekiston bosh oilasi a‘zolari ko‘rsatkichidan keskin farq qiladi. Reytingda 3 -o‘rinni egallagan Shavkat Mirziyoyov internetda bor-yo‘g‘i 910 marta, 4-pog‘onadagi Rustam Azimov esa 865 marta qidirilgan. Qolgan siyosatchilar esa izlov tarmog‘ida 200ga yetmagan miqdorda so‘ralgan.

“Odnoklassnik” ijtimoiy tarmog‘ida ham Gulnora Karimova o‘zbek siyosatchilari orasida ko‘rsatkichlar bo‘yicha 1-o‘rinda ekan. Uning mazkur tarmoqdagi sahifasida 22 179 ishtirokchi bor. Islom Karimovga mansbuligi aytiladigan “Odnoklassnik” sahifasida esa 2335 ishtirokchi bor.

“Birjevoy lider” o‘zbekistonlik siyosatchilarning internetdagi mashhurligi reytingini birinchi marotaba 2012 yilning dekabrida e‘lon qilgan edi. O‘sha reytingda ham Gulnora Karimova internetdagi mashhurlik bo‘yicha otasidan o‘zgani aytilgan.

Nashrning o‘ziga o‘zi bergan bahoga qaraganda, “Birjevoy lider” Internet jurnali treyderlar va sarmoyadorlar uchun mo‘ljallangan eng ommaviy suratli bepul Internet portal bo‘lib, har kuni jahonning 55 mamlakatida faoliyat ko‘rsatayotgan muxbirlaridan eksklyuziv informatsiya oladi”.
XS
SM
MD
LG