Линклар

logo-print
AQSh prezidenti Barak Obamaning ma'muriyati 3 avgust kuni iPhone va iPad qurilmalarining eski modellarini AQSh bozorlarida taqiqlovchi qarorni bekor qildi.

Oq uyga ko'ra, Apple shirkatining ayrim mahsulotlariga taqiq qo'yilishi mamlakat iqtisodidagi raqobat muhitiga va iste'molchilarga salbiy ta'sir qilishi mumkin.

iPhone smartfoni va iPad planshetining eski modellarini sotuvdan olish haqidagi qaror iyun oyida AQShning Xalqaro tijorat komissiyasi tarafidan qabul qilingan edi.

Komissiya qarori Samsung shirkatining Apple kompaniyasi unga tegishli patentlarni buzganligi haqida kiritgan da'vosi asosida qabul qilingan.

Qarorga binoan iPhone 4 (faqat AT&T mobil operatori uchun), iPhone 3GS smartfonlari hamda iPad 3G va iPad 2 3G planshetlarining AQShda sotilishi taqiqlanishi kerak edi.

AQShning Apple va Janubiy Koreyaning Samsung shirkatlari o'rtasidagi patentlar urushi 2010 yildan beri davom etmoqda.

Shirkatlar bir-birini mobil uskunalar yaratishda patentlarshtirilgan texnologiyalarni o'g'irlashlikda ayblab keladi.

2012 yilda AQSh sudi Samsung shirkatini Apple'ga tegishli besh patentni buzganlikda aybdor deb topib, 1,05 milliard AQSh dollariga jarimaga tortgan edi.

2013 yilda mazkur jarima qariyb ikki barobarga qisqartirilgan.
XS
SM
MD
LG