Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:35

Amazon.com rahbari Washington Post'ni sotib olmoqda


Jeff Bezos Amazon.com shirkatining Kindle Fire elektron kitobchalari taqdimotida.
Jeff Bezos Amazon.com shirkatining Kindle Fire elektron kitobchalari taqdimotida.
Taniqli internet magazini Amazon.com rahbari Jeff Bezos Washington Post gazetasini barcha ilovalari bilan 250 million AQSh dollariga sotib olmoqda.

Bu haqda gazeta rahbariyati dushanba kuni ma‘lum qildi.

Bezos AQShdagi nufuzli gazetalardan hisoblanmish Washington Post uchun o‘zining shaxsiy bank hisobidan pul to‘lashi va Amazon.com'ning bu oldi-sottiga aloqasi yo‘qligi aytilmoqda.

Gazeta rahbariyati Bezosni texnologiya va biznes dahosi deya atadi va uning Washington Post'ni sotib olganidan mamnunligini bildirdi.

Jeff Bezos dushanba kuni bergan bayonotida gazetaning Vashingtondagi muxim rolini tushunishini va nashr qadriyatlari o‘zgarmay qolishini bildirdi.

Washington Post AQShdagi eng nufuzli gazetalardan biridir. Gazetaning yakshanba kungi adadi 838 mingni tashkil etadi.

Gazeta jurnalistlari jami 47 marta Pulitser mukofotiga sazovor bo‘lishgan.
XS
SM
MD
LG