Линклар

Bugun Yaponiyaning Hirosima shahrida insoniyat tarixida birinchi bor atom bombasi portlatilishidan halok bo‘lganlar xotirasiga motam marosimi o‘tmoqda.

68 yil muqaddam, Ikkinchi jahon urushi chog‘ida AQSh uchog‘i Hirosima shahriga atom bombasi tashlagan edi. Portlash va uning oqibatlaridan 140 ming nafar atrofida odam halok bo‘lgan.

Hirosimada o‘tayotgan marosimga bir necha ming kishi kelgani aytilmoqda. Ular orasida portlashdan tirik qolganlar, qurbonlar yaqinlar va yadroviy qurolga qarshi kurashayotgan faollar bor.

1945 yili Hirosimadagi portlashdan uch kun o‘tib Yaponiyaning yana bir shahri, Nagasakiga ham atom bombasi tashlangan edi.

Yaponiyadagi yadroviy energiyaga bo‘lgan aksil qarashlar 2011 yilgi tsunami oqibatida Fukusima yadroviy reaktorida ro‘y bergan portlashdan so‘ng keskin kuchaygani kuzatilmoqda.
XS
SM
MD
LG