Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:34

Garaji buzilganga avtoturarjoydan doimiy joy beriladi


Toshkent shahri turar-joy massivlarida ko‘chirilgan garajlar egalariga yangi qurilgan avtomobil turar joylaridan doimiy joylar bepul beriladi.

Bu me‘yor O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 213-qarori bilan belgilab qo‘yildi.

Norma.uz saytining 5 agustda xabar qilishicha, mazkur hujjat 31 iyulda qabul qilingan.

Vazirlar Mahkamasining avtomototransport vositalarini doimiy va vaqtincha saqlash joylarini tashkil qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi nizomini sharhlar ekan, Norma.uz eksperti mana bu holatga alohida e‘tibor qaratgan: hujjatga binoan bundan buyon to‘xtash joyida avtomobilь egasining doimiy konkret joyi bo‘lishi mumkin.


Aytilishicha, shu paytgacha amal qilgan Nizomda bunday me‘yor bo‘lmagan.
Yangi nizomda avtomototransport vositalarining doimiy turar joylari turar-joy massivlaridan ko‘chirilgan individual garajlar o‘rnida ham barpo etilajagini, garajlari ko‘chirilganlarga yangi turar joylardan doimiy joylar bepul berilajagini xabar qilgan sayt eksperti.

Ozodlik muxbiri buzilgan garajlar o‘rnida turar joy qurayotgan tadbirkorlardan biri bilan joriy yilning mayida suhbatlashgan, u “joy olish uchun avval 400 ming so‘m, keyin har oyda 20 ming so‘mdan joy puli to‘lash kerakligi” to‘g‘risida gapirgan edi.

Bir qarashda katta shaharning kundalik tashvishlaridan biri ko‘ringan garaj masalasi, temir garaji bor toshkentliklar uchun bosh og‘rig‘i va chiqimga aylangan edi.

Poytaxt turar-joy massivlaridagi temir garajlarni buzish Toshkent shahar hokimligining 15 aprelda matbuotda e‘lon qilingan “Toshkent shahrida avtomototransport saqlash qurilmalarini obodonlashtirish va shaharsozlik qoidalariga muvofiq tartibga keltirish to‘g‘risida”gi qaroriga binoan boshlab yuborilgan edi.

Hokimlik qarori to‘g‘risidagi xabarlarga ko‘ra, joriy yil oxiriga qadar shaharda 23000 dan ziyod, kelasi yil oxirigacha esa jami 40826 ta garaj buzilib, ular o‘rnida “shaharsozlik talablariga javob beradigan, muntazam qo‘riqlanadigan yopiq va ochiq to‘xtash joylari barpo etiladi.

Poytaxt mahallalaridan biri raisasi 5 avgust kuni Ozodlik savollariga javob berar ekan, garajlarni ko‘chirish ishlari ham, turar joylarni qurish ishlari ham davom etayotganini xabar qildi.

Biroq raisning gaplaridan uning hukumatning so‘nggi qaroridan xabarsiz ekanligi ma‘lum bo‘ldi.

- To‘xtash joylari qurilayapti. Lekin “mana bu joy senga, sendan boshqa hech kim qo‘ymaydi, chunki sening garajing bo‘lgan”, deb hech kimga konkret joy berilmaydi, dedi mahalla raisi.

Vazirlar Mahkamasi qarorida esa, bu fikrning aksi aytilgan.
Toshkent shahar hokimligi garajlarni buzar ekan, ularning egalariga tovon puli bermay kelmoqda.

Hokimlikning bu masaladagi pozitsiyasi bugungi suhbatdoshimizning mana bu fikrida yaqqol aks etadi:

- U (garajning o‘rni) davlatning joyi-ku! Garaj o‘zboshimchalik bilan noqonuniy qurilgan, qanday qilib unga kompesatsiya beriladi?!

Ozodlik radiosi garaj masalasini o‘z vaqtida OzodJavob eshittirishida ham o‘rgangan, eshittirishda ishtirok etgan huquqshunos Mirakmal Niyazmatov qo‘lida mulkka egaligini tasdiqlovchi hujjati bor fuqarolar garajni buzish harajatlarini undirib olishi mumkinligini tushuntirgan edi.
XS
SM
MD
LG