Линклар

Spirtli ichimlik iste‘mol qilib, samolyotni portlatish bilan tahdid qilgan O‘zbekiston fuqarosi 3 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasiga tayanib, 12uz.com portalining xabar qilishicha, o‘zbekistonlik yo‘lovchi Moskvadan Samarqand shahriga uchadigan samolyotga mast holda o‘tirgan.

Styuardessa spirtli ichimlik ichishni taqiqlaganiga qaramay, ismi oshkor qilinmagan yo‘lovchi styuardessani haqorat qilib, uchuvchilar kabinasiga kirishga uringan.

Janjal paytida yo‘lovchi bagajining ichida portlovchi moslama borligi va samolyotni portlatishi mumkinligini aytgan.

Samolyot Samarqandga qo‘nganida janjalkash yo‘lovchi hibsga olingan.

Uning yuki tekshirilganda hech qanday portlovchi yoki yonuvchi modda topilmagan.

Xabarda voqea qachon ro‘y bergani ma‘lum qilinmagan.
XS
SM
MD
LG