Линклар

Yevropa futbol uyushmalari ittifoqi - UYeFA tashkiloti o'z saytida 2012-2013 yilgi futbol mavsumining eng yaxshi futbolchisi bo'lishi mumkin bo'lgan uch futbolchi nomini e'lon qildi.

UYeFAga ko'ra, Yevropa zo'rlarining triosiga "Barselona"dan Lionel Messi, "Real Madrid"dan Krishtianu Ronaldu va "Bavariya"dan Frank Riberi kirdi.

Mavsumning eng yaxshi futbolchisi 29 avgust kuni Monakoda o'tadigan Yevropa chempionlar ligasiga qur'a tashlash marosimida aniqlanadi.

Yevropadagi eng yaxshi futbolchi an'anaviy tarzda UYeFA ga a'zo mamlakatlardan bo'lgan 53 nafar sport jurnalistlari orasida o'tkazilgan so'rov orqali aniqlanadi.

Yevropaning eng yaxshi o'yinchisiga beriluvchi mukofot 2011 yilda ta'sis qilingan. Uning ilk sovrindori "Barsa" hujumchisi Lionel Messi bo'lgan edi. 2012 yilda esa ushbu mukofotga uning jamoadoshi Andres Inyesta sazovor bo'lgan.

Quyida Messi, Ronaldu va Riberilarning 2012/2013 yilgi mavsumda urgan gollari to'plamlarini mujassam etgan video roliklarni e'tiboringizga havola etamiz.


Lionel Messi, "Barselona", 2012/2013 yilgi mavsum


Kirshtianu Ronaldu, "Real Madrid", 2012/2013 yilgi mavsum


Frank Riberi, "Bavariya", 2012/2013 yilgi mavsum
XS
SM
MD
LG