Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:43

GM Uzbekistan 2014 yili chiqadigan avtolar savdosini boshladi


Ozodlikning Toshkentdagi hamkorlariga ko‘ra, xaridorlar kompaniya salonlarini 7 avgust kuni ertalabdan “ishg‘ol” qila boshlagan.

Kelasi yili ishlab chiqariladigan avtomashinalar savdosi boshlangani to‘g‘risidagi ma‘lumotni Ozodlik muxbiri “JiEm O‘zbekiston” qo‘shma korxonasining Toshkentdagi vakolatxonasi mas‘ul xodimidan oldi.

Kompaniyaning Asakadagi idorasi qoshidagi sotuv maydoni vakili esa, zavodning chog‘roq hajmdagi mahsuloti so‘mga sotuvga chiqarilganini bildirdi.


"Xaridor ko‘p, mashina oz"


"JiEm O‘zbekiston" Asaka ofisining ismi sir qolishini so‘ragan vakil aynan mana bunday dedi:

- Savdo uch-to‘rt kunda tugaydi. Hozir berayapti, boshlandi bugundan so‘mga.

Ozodlik: Uch-to‘rt kunlik davom etadigan kampaniyami bu?

- Bilmadim endi. Aholi ko‘p oladigan. Tugasa, shu norma tugaydi tamom.

“JiEm O‘zbekiston”ning Asakadagi idorasi bilan bog‘lanishga ayrim saytlarning “kompaniya dilerlari 7 avgustdan boshlab avtomobillarni so‘mga sotish to‘g‘risida shartnomalar tuza boshlayajagi” haqidagi xabari sabab bo‘lgan ediki, vakil o‘z javobi bilan xabarni tasdiqlaganday bo‘ldi.

Ayni paytda, “JiEm O‘zbekiston”ning Toshkentdagi vakolatxonasi xodimi Ozodlik savollariga javob berar ekan, mana bunday dedi:

- Bizlarda avtomobilni ham so‘mua xarid qilsa bo‘ladi, ham xalqaro plastik karta orqali xarid qilsa bo‘ladi.

“JiEm O‘zbekiston” vakili mana bu yangilik bilan o‘rtoqlashdi.

- 2014 yil oxirigacha ob‘yom ajratildi.Ya‘ni keyingi yilda ishlab chiqaradigan avtomobillar ob‘yomi, ya‘ni qancha ishlab chiqarilishi to‘g‘risidagi ma‘lumot avtosalonlarga berildi. Demak, 2014 yilda ishlab chiqariladigan avtomobillar soni avtosalonlarda bor. Hozir avtosalonlarda shartnomalar tarqatishayapti. Bu yilda to‘lov qabul qilinib, keyingi yilda yetkazib beriladigan avtomobillar uchun, dedi “JiEm O‘zbekiston” qo‘shma korxonasi Toshkentdagi vakolatxonasining o‘zini tanishtirmagan mas‘ul xodimi.

Salonlar "shturm" qilinmoqda, militsiya jalb etilgan


Ozodlikning Toshkentdagi hamkorlari 7 avgust kuni Janubiy vokzal yaqinidagi “Toshkent-DEU” avtosaloni hamda Sergeli tumanidagi avtosalon oldidagi vaziyatni o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi.

Машина учун кураш
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:45 0:00
Бевосита линк


Ularning aytishicha, avtosalonlar oldida eratalabdanoq odam shu qadar ko‘pki, tartib saqlash uchun hatto militsiya kuchlari jalb etilgan.

Xaridor ko‘pligidan salonlar oldida tartibsizlik avj olgan. Hamma baqir-chaqir qilmoqda.


Pul olinmoqda, mashina 2014 ning mayiga va‘da qilinmoqda


Hamkorimizning aytishicha, salonga kirib, peshtaxtaga yeta olganlar qo‘liga mashina narxining 85 foizini to‘lab kelish uchun schet-faktura berilayapti, shartnoma esa, pul to‘langanidan so‘ng imzolanajagi aytilmoqda.

Mashina xaridor qo‘liga 2014 yilningg mayiga qadar tegishi va‘da qilinmoqda.


"Matiz"ga shartnoma yo‘q


Shartnomalar “Matiz”dan tashqari barcha modellarga berilayotgani ham aytildi.

“Matiz”ga shartnoma tuzilmayotganini ba‘zilar uning eksportbop ekanligi bilan izohlasa, boshqalar bu model ishlab chiqarishi qisqargani bilan izohlagan.

Hamkorimizning aytishicha, salonlar oldidagi tiqin 6 avgust oqshomida boshlangan. 7 avgust kun bo‘yi salonlar oldidagi vaziyatni pul almashtiruvchi ayollar to‘dasi nazorat qilgan. Salonga kim avval, kim keyin kirishini ular hal qilgan.


Dollar arzonladi


Yana bir yangilik: 7 avgust kuni AQSh dollari qora bozordagi qurbi ham biroz tushib, 1 dollar 2710, 2720 so‘mga sotildi. Bir kun oldin 1 dollar 2780 so‘mga sotilayotgan edi. Kuzatuvchilar o‘zgarish sababini avtosalonlarda savdo boshlanganidan ko‘rmoqda.


Salonlar bir oy oldin yopilgan edi


Ozodlik radiosi “GM-Uzbekistan” O‘zbekiston-Amerika qo‘shma korxonasining asosiy dileri bo‘lmish “O‘zavtosanoat” shirkatiga qarashli barcha avtosalonlar joriy yil 6 iyulidan noma‘lum muddatga o‘z faoliyatini to‘xtatgani to‘g‘risida o‘z vaqtida xabar bergan, o‘shanda Toshkentdagi “Rohat” avtosaloni vakili mazkur holatni “shirkat avtomobillari narxi oshishi hamda “O‘zavtosanoat” shirkati tomonidan yangi preyskurant tasdiqlanguniga qadar sotishni to‘xtatish haqida ko‘rsatma berilgani” bilan tushuntirgan edi.
XS
SM
MD
LG