Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:34

Salim Abduvaliyev O‘zbekistonni tark etgani aytilmoqda


O‘zbekistonda “kriminal avtoritet” deya bilingan 63 yashar taniqli tadbirkor Salim Qirg‘izboyevich Abduvaliyev “MTS–O‘zbekiston” ishi bo‘yicha so‘roq savollardan bezib mamlakatni tark qilgani iddao qilindi.

Bu xabarni bildirgan Ozodlik manbasi uning shu kunlarda Italiyada ekanligini aytdi. Ozodlik ishonchli deb bilgan manbaning ta‘kidicha¸ Salim Abduvaliyev sobiq "MTS-O‘zbekiston" shirkati bosh direktori Behzod Ahmedovning mamlakatdan chiqib ketishida ko‘maklashganlikda ayblanib so‘roq qilingan.

Manbaga ko‘ra¸ tergovchilar Salim Abduvaliyevning pasportini olib qo‘yishgan va uni O‘zbekistondan tashqariga chiqmasligi haqida tilxat olishgan.

Ozodlik manbasi Salim Abduvaliyevning Italiyadagi telefon raqamini ham berdi.

Ozodlik muxbiri Italiyaga doir bu raqamga qo‘ng‘iroq qilganida go‘shakni o‘zini Salim Abduvaliyevning tansoqchisiman deb tanishtirgan, o‘zbek tilida gaplashgan shaxs ko‘tardi.

Suhbatdosh Salim Abduvaliyevning Italiyada ekanini tasdiqladi.

"U kishini telefonga chaqirib bera olmaysizmi" deganimizda tansoqchi¸ Salim Abduvaliyevning ayni damda magazin aylanayotgani bois telefonga kela olmasligini bildirdi.

“MTS–O‘zbekiston” ishida Abduvaliyevning aloqasi bo‘yicha iddaolar


“MTS–O‘zbekiston” ishi bo‘yicha Salim Abduvaliyev so‘roq qilinayotgani borasidagi ilk iddao o‘tgan yili O‘zbekiston Xalq Harakati nashrida e‘lon qilingan edi.

Bu nashrda chop qilingan ma‘lumotga ko‘ra, O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Salim Abduvaliyev qiyofasida “MTS–O‘zbekiston” ishiga bog‘liq iqtisodiy qallobliklarda “aybdor” bo‘lgan yana bir shaxsni “topgan”.

Chop qilingan ma‘lumotda Salim Abduvaliyev Bosh prokuratura va MXX (Milliy Xavfsizlik Xizmati) tergovchilari tarafidan navbatma-navbat so‘roq qilingani iddao qilinadi.

Oradan bir yil o‘tib bu ma‘lumotni tasdqilagan Ozodlik manbasiga ko‘ra Bosh prokuratura Salim Abduvaliyevni Xitoyning “Huawei” va “ZTE” shirkatlari bilan sobiq bosh vazir o‘rinbosari, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi direktori Abdulla Oripovlar orasida Xitoy telekommunikatsiya uskunalarini O‘zbekistonga olib kelishda vositachilik qilganlikda ham gumon qilgan.

Manbaga ko‘ra, buskunalar “MTS–O‘zbekiston” shirkatining ehtiyojini ham qondirgan.

“MTS–O‘zbekiston” ishi bo‘yicha Abduvaliyev so‘roq qilinayotgani va mamlakatdan chiqarilmayotgani borasidagi ilk iddao yangragan o‘tgan oyning avgust oyida Salim-boy Londonga borib Olimpiada musobaqalarida qatnashgan o‘zbekistonlik kurashchi Artur Taymazovni “qo‘llagani” televizorda namoyish qilindi.

London Olimpiadasida Salim Abduvaliyevning kurashchi Artur Taymazovni oltin medal bilan tabriklagani maydonga yugurub chiqqanda O‘zbekiston telekanllari jonli efirni uzib qo‘ygan edi.
London Olimpiadasida Salim Abduvaliyevning kurashchi Artur Taymazovni oltin medal bilan tabriklagani maydonga yugurub chiqqanda O‘zbekiston telekanllari jonli efirni uzib qo‘ygan edi.
Telekanallar bu o‘yini to‘g‘ridan to‘g‘ri namoyish etgan kadrlarda Salim Abduvaliyev gilam ustiga yugurgancha chiqib o‘zining kurashchisini muborakbod etdi.

O‘zbekiston telekanllari esa o‘z sportchisining tabriklayotgan Salim-boyning ekranda paydo bo‘lishi bilanoq, to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirni uzdi.

Bu xolat Salim Abduvaliyevning rasmiy Toshkent uchun istalmagan shaxsga aylanyotganiga ishorat kabi bo‘ldi.

Ozodlik manbasiga ko‘ra¸ Salim Abduvaliyev Toshkentga Artur Taymazovning g‘alabasidan uch kun o‘tib qaytib kelgan.

​Manbaga ko‘ra, ana shundan keyin Salim Abduvaliyevning pasporti olib qo‘yilgan.

Shu yilning may oyida Toshkentning Qo‘yliq mavzesida joylashgan va Salim Abduvaliyevning asosiy daromad manbalaridan biri hisoblangan asfalt-beton zavodida prokuratura tekshiruv boshlagan edi. Ozodlikning O‘zbekiston huquq-tartibot idoralaridagi manbasi, prokuratura tekshiruvi ortida Abduvaliyev guruhiga zarba berish maqsadi yotgan bo‘lishi mumkin, deya bildirgan edi.

2011 yilda WikiLeaks sayti e‘lon qilgan AQSh diplomatik yozishmalarda Salim Abduvaliyev "kriminal avtoritet" deya ta‘riflangan edi. "O‘zbekiston hukumatidagi yuqori lavozimli mulozimlarning "kriminal avtoritet", deb tanilgan Salim Abduvaliyev bilan yaqin aloqalari bor", deyilali AQSh maxfiy depeshalarida.

Salim Abduvaliyevning shu kunlarda Italiyada qay tarzda va qanday maqsadda yurgani noma‘lum qolmoqda.

Salim Abduvaliyev O‘zbekiston Kurash uyushmasi prezidentidir.

Uyushma Bosh kotibi Ozodlik bilan suhbatda Abduvaliyev hali ham uyushma prezidenti ekani va hozirda u hizmati safarida bo‘lgani bois vakolatlari bosh kotib zimmasida ekanini aytdi.

Ammo, Abduvaliyev qachon qaytadi, degan savolga uyushma vakili javob bermadi.
XS
SM
MD
LG