Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:27

"Paxtakor" jamoasi xotirasiga yodgorlik o‘rnatildi


Ozarbayjon. "Neftchi" Boku va "Paxtakor" Toshkent futbol jamoalari o‘yini, 1978 yil.
Ozarbayjon. "Neftchi" Boku va "Paxtakor" Toshkent futbol jamoalari o‘yini, 1978 yil.
Toshkentdagi Botkin qabristonida 1979 yilda aviahalokat natijasida qurbon bo‘lgan “Paxtakor” futbol jamoasi xotirasiga memorial yodgorlik o‘rnatildi.

O‘zbekiston Futbol federatsiyasining ma‘lum qilishicha, yodgorlikning rasmiy ochilish marosimi Dneproderjinsk osmonida sodir bo‘lgan halokatga 34 yil to‘lgan kuni, ya‘ni 11 avgust kuni ertalab o‘tkaziladi.

6 avgust kuni 1979 yilgi “Paxtakor” futbol jamoasi xotirasiga bag‘ishlangan “Xotira qanotlari” xalqaro turniri boshlangan edi. Unda Turkmaniston, Qozog‘iston va O‘zbekistondan 16 futbol jamoasi ishtirok etmoqda.
XS
SM
MD
LG