Линклар

Johar Tsarnayevning do‘stlariga ayblov bildirildi


Suratda (o‘ngdan chapga): Johar Tsarnayev, Azamat Tajayakov va Dias Qadirbayev.

Suratda (o‘ngdan chapga): Johar Tsarnayev, Azamat Tajayakov va Dias Qadirbayev.

AQShning Boston shahrida 15 aprel kuni o‘tgan marafon paytidagi portlashni uyushtirganlikda gumonlanayotgan Johar Tsarnayevning ikki do‘stiga tergovga to‘sqinlik qilish moddasi bilan ayblov bildirildi.

Qozog‘istonlik 19 yoshli Dias Qadirbayev va Azamat Tajayakov ashyoviy dalillarni yo‘q qilishga harakat qilganlikda ayblanmoqda. Ular Tsarnayevning xonasidagi buyumlarni tashqariga olib chiqib tashlab yuborgan.

Bu ikki yigit may oyida qo‘lga olingan edi. Ayblov sudda tasdiqlansa, ular 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Aka-uka Johar va Temirlan Tsarnayevlar Boston portlashlarini uyushtirganlikda gumonlanmoqda. Temirlan Tsarnayev qo‘lga olish chog‘ida otib o‘ldirilgan edi. Johar Tsarnayev esa hibsga olingan.

Boston portlashlarida 4 odam halok bo‘lgan va 280 odam yaralangan edi.
XS
SM
MD
LG