Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:15

Whatsapp foydalanuvchilari soni 300 millionga yetdi


O'zbekistonlik mobil aloqa foydalanuvchilari orasida borgan sari ommalashib borayotgan Whatsapp dasturining umumiy auditoriyasi 300 million kishiga yetdi.

Bu haqda dastur asoschilari ma'lum qildi.

Ularning bildirishicha, Whatsapp orqali jo'natiladigan matnli xabarlarning kunlik hajmi 31 milliardga yetgan. Dastur yordamida bir kunda 325 million dona surat jo'nalitishi aytilmoqda. Bu esa dastur uchun yangi rekorddir.

Ayni damda Whatsapp Yevropa va Lotin Amerikasidagi qator mamlakatlarda yetakchi messenjer dasturiga aylangan. Masalan, Braziliyada mobil chat dasturlari bozorida Whatsapp'ning ulushi 90 foizga yetdi.

Whatsapp'ning O'zbekistondagi foydalanuvchilari soni bo'yicha aniq ma'lumot yo'q.

Ushbu chat dasturi boshqa dasturlar orasida o'zining qulayligi hamda surat va videofayllarni jo'natishda tezligi baland internet aloqasini talab etmasligi bilan ajralib turadi.

***
Ozodlik radiosining Whatsapp'dagi manzili - +420 724 971 539
XS
SM
MD
LG