Линклар

logo-print
Rossiyada vaqtincha yashash uchun ruxsat olgan AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq xodimi Edvard Snoudenning otasi Lon Snouden o‘g‘lini ko‘rishga Rossiya borish uchun viza olganini aytdi.

ABC televideniyesida yakshanba kuni chiqish qilgan Lon Snouden o‘g‘li vatanga qaytishini xohlashini aytdi.

Biroq Lon Snouden rasmiylar hoin deb atagani hisobga olinsa, o‘g‘li adolatli sud qilinishiga ishonchi komil emasligini urg‘uladi.

AQShning elektron kuzatuv dasturlari haqidagi maxfiy ma‘lumotlarni ommaga oshkor qilgan Edvard Snouden josuslikda ayblangan.

Snoudenni javobgarlikka tortish uchun Qo‘shma Shtatlar Rossiyadan uni qaytarib berishni talab qilmoqda.
XS
SM
MD
LG