Линклар

logo-print
Qochqinda yurgan AQSh Milliy xavfsizlik agentligi va Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq xodimi Edvard Snouden Rossiyaning yetakchi onlayn ijtimoiy tarmog‘idan ishga taklif oldi.

VKontakte ijtimoiy tarmog‘i matbuot vakili Georgiy Lobushkin bu haqda yakshanba kuni ma‘lum qildi. Lobushkinning VKontakte xodimlariga sobiq MRB xodimi Snouden shirkat vebsahifasidagi yozishmalar xavfsizligi bilan bog‘liq lavozimga taklif etilganini ma‘lum qildi. VKontakte jamoasi bilan o‘tkzilgan majlis videosi Internetda e‘lon qilindi.

Bundan avval ham, markazi Sankt Peterburg shahrida joylashgan VKontakte ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Pavel Durov Snoudenni ishga taklif qilgani xabar qilingan edi.

Qo‘shma Shtatlar mamlakat maxfiy xizmatining jahon bo‘ylab kuzatuv dasturiga oid maxfiy ma‘lumotlarni oshkor qilgan Snoudenni josuslikda ayblab, sudga tortish niyatini bildirgan. 1 avgust kuni Rossiya Sunodenga siyosiy boshpana berdi. Undan avval sobiq razvedka xodimi u bir oydan ortiq vaqt mobaynida Moskvaning Sheremetьevo aeroporti tranzit zonasida yashadi.
XS
SM
MD
LG