Линклар


AQShda joylashgan inson huquqlari guruhi Wikileaks saytiga mahfiy hujjatlarni taqdim etganlikda ayblangan oddiy askar Bredli Menenningi Nobel tinchlik mukofotiga nomzod etib ko‘rsatish uchun 100 mingdan oshiq imzo to‘pladi.

RootsAction guruhi imzolar qo‘yilgan petitsiyasini Oslodagi Nobel qo‘mitasiga dushanba kuni taqdim etdi.

Guruh asoschilaridan biri Norman Solomonga ko‘ra, Bredli Menning mahfiy hujjatlarni oshkor etish orqali Iroqdagi urushning ertaroq tugashiga o‘z hissasini qo‘shgan.

Solomonning aytishicha, Menningni mukofotlash orqali Nobel qo‘mitasi 2009 yilda putur yetkazilgan obro‘sini qayta tiklab olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Nobel qo‘mitasi 2009 yili endigina prezidentlik kursisiga o‘tirgan Barak Obamaga Nobel tinchlik mukofotini taqdim etgan edi.

Bredli Menning iyul oyida josuslik, o‘g‘irlik, kompyuter tovlamachiligi kabi 19 ayblov yuzasidan aybdor deb topildi.

Meningga bildirilgan ayblovlar bo‘yicha jazo muddati yuz yildan oshishi aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG