Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:03

AQSh: Rossiyalik geymer-haker ayblovlarni tan olmadi


AQSh tarixidagi eng katta kiber-jinoyatda ishtirok etganlikda ayblanayotgan rossiyalik haker o‘ziga nisbatan qo‘yilgan ayblovlarni tan olmadi.

Ayblanuvchi, moskvalik professional kibersportchi Dmitriy Smilyanets, dushanba kuni Nyu Jersi shtatidagi Nyuark federal sudida ayblovlarni tan olmasligini ma‘lum qildi.

29 yoshli Smilyanets rossiyalik va ukrainalik hakerlar bilan jinoiy guruh tuzgan holda kiber-hujumlar orqali 160 million dona kredit va debet kartalar raqamlari o'marganlikda ayblangan.

Rossiyalik hakerning ushbu jinoiy guruhdagi roli o'marilgan kredit kartalarni internet orqali sotish bo'lgan. AQSh kredit kartai 10 dollardan, Yevropa davlatlari kredit kartasi 50 dollardan sotilgan, deydi prokurorlar.

Hakerlar yetkazga zarar 300 million AQSh dollariga teng ekani aytilmoqda. Jabr ko‘rgan korporatsiyalar orasida AQSh fond birjasi ham bor.

AQSh hukumati Dmitriy Smilyanetsdan tashqari yana uch rossiyalik va bir ukrainalikni mazkur kiber-jinoyatda ayblamoqda.

Kompyuter o'yinlari bilan professional darajada shug'ullanuvchi Smilyanets 2012 yilning sentyabr oyida Amsterdamda hibsga olinib, AQShga ekstraditsiya etilgan edi.
XS
SM
MD
LG