Линклар

logo-print
Toshkentning "Bunyodkor" futbol klubi sobiq o'yinchisi, ayni damda Qozo'gistonning "Aktobe" klubida faoliyat yuritayotgan Emil Kenjisariyev Olmaota shahrida noma'lum shaxslar tarafidan qattiq kaltaklandi.

Bu haqda Sports.kz nashri xabar bermoqda.

Nashrga ko'ra, 26 yoshli Kenjisariyev 11 avgustdan 12 avgustga o'tar kechasi Olmaota markazida xushsiz holda topilgan. Futbolchi boshidan jarohat olgani aytilmoqda.

So'nggi xabarlarga ko'ra, qozog'istonlik futbolchi 14 avgust kuni ertalab xushiga kelgan.

Hodisa yuzasidan "bezorilik" moddasi bo'yicha jinoyat ishi ochilgan.

Emil Kenjisariyev 2012 yilning yanvar oyida Qozog'istonning "Aktobe" futbol klubidan Toshkentning "Bunyodkor" klubiga kelib qo'shilgan. "Qaldirg'ochlar" safida olti uchrashuvda maydonga tushgan futbolchi o'sha yilning yozida "Aktobe"ga qaytgan edi.

Eslatamiz, o'zbekistonlik futbolchilar Aleksandr Geynrix va Marat Bikmayevlar ham "Aktobe" jamoasida faoliyat yuritishadi.

Asli qir'gizistonlik Emil Kenjisariyev 2009 yili Qozog'iston fuqaroligi olgan.
XS
SM
MD
LG