Линклар

logo-print
O'zbekiston Davlat test markazi bu yili ham abituriyentlarga 1 avgust kuni o'tgan test sinovlarining natijalarini SMS orqali bilib olish mumkinchiligini yaratdi.

Buning uchun abiturient javoblar varaqasi raqami yozilgan SMS xabarni 5100 raqamiga jo'natishi lozim bo'ladi. Javob SMS xabari bir necha daqiqadan so'ng keladi va unda abiturientning necha ball olgani hamda oliy o'quv yurtiga o'tgani yoki o'tmagani haqida ma'lumot keladi.

Masalan, deylik, 7191353 (javoblar varaqasi raqami) yozilgan SMS 5100 raqamiga yuborildi. Bir necha daqiqadan so'ng abonent telefoniga SMS shaklida quyidagi javob keladi:

N: 7191353

VUZ: TashGPU

BALL: 159,6 (28*2,1+24*1,1+24*3,1)


Vy rekomendovany v studenty po platno-KONTRAKTnoy osnove

Agar abiturient davlat granti asosida o'qishga qabul qilingan bo'lsa, unda quyidagi javob keladi "Vy rekomendovany v studenty po gosudarstvennomu GRANTu".

Hozircha faqat Beeline mobil operatori ushbu xizmatni ishga tushirganini ma'lum qildi. O'tgan yili bu xizmatdan Beeline va Ucell abonentlari foydalanishgan edi.

5100 raqamiga jo'natilgan har bir SMS 75 sentdan baholanishi, kirish SMS lari esa bepul bo'lishi aytilmoqda.

Ushbu xizmatdan Davlat test markazi imtihon javoblarini e'lon qilgandan keyin foydalanish mumkin bo'ladi.

DTM ma‘lumotiga ko‘ra, mamlakat oliygohlariga jami 480 ming 405 nafar abituriyent qabul qilindi. Ulardan faqat 56 ming 722 nafari talabalik baxtiga muyassar bo‘ladi. Ya‘ni har bir o‘rin uchun 8,47 abituriyent da‘vogarlik qilayapti.
XS
SM
MD
LG