Линклар

Shu kunda O‘zbekistonda 10 million 89 ming kishi Internetdan foydalanmoqda. Demak, har uch o‘zbekistonlikdan biri virtual tarmoqdan foydalanmoqda. Bu haqda Ozodlikka 13 avgust kuni Toshkentda ish boshlagan milliy UZ domeni festivali mutasaddilari aytib berdi.

13 avgust kuni ish boshlagan UZ-2013 festivali haqida Ozodlikka gapirgan Kompьyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish markazi UZINFOCOM mulozimi G‘ayratxo‘ja Saidaliev aholining keng qatlamlari orasida internet tarmoqlarini targ‘ib qilish tadbirning asosiy vazifasi ekanligini ta’kidladi.

Ozodlik bilan suhbatda G‘ayratxo‘ja Saidaliev O‘zbekistonning milliy domen hududida ro‘yxatga oluvchi 13 ta tashkilot borligi va ularning 7 tasi respublikadagi Kompyuterlash markazlarida joylashganini aytdi.

Suhbatdoshga ko‘ra UZ domeni hududida 16 600 domen nom ro‘yxatga olingan. Ayni paytda UZ domeni hududida ro‘yxatga oluvchilar soni oshmoqda, deb ta’kidladi UZINFOCOM mulozimi.

Toshkentda 13 avgustdan 23 sentyabrga qadar o‘tadigan UZ domeni festivalining asosiy nigohi asosan yoshlar segmentiga qaratilgan, deydi UZ domeni mansub bo‘lgan InfoCOM tashkiloti etakchi mutaxassisi Vladislav Dexin Ozodlik bilan suhbatda:

- Ushbu forum ikki yilda bir marta o‘tkaziladi. Unda faqat UZ domenidagi saytlar ishtirok eta oladi, xolos. Saytlarni internet texnologiyalari, san’at, madaniyat, davlat boshqaruvi va boshqa sohalardagi mutaxassislardan iborat tanlov hay’ati baholaydi, dedi Vladislav Dexin Ozodlik bilan suhbatda.

Suhbatdoshga ko‘ra, joriy yil birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni 10 million 89 ming kishini tashkil etgan. "Ularning aksariyoti yoshlardir", dedi mulozim.

Ayni paytda o‘zbekistonlik yoshlar UZ domenidagi saytlardan ko‘ra, Rossiyaning RU domenidagi saytlarga ko‘proq kirayotgani kuzatiladi.

Masalan, o‘zbekistonlik foydalanuvchilarning virtual olamdagi eng ommabop ijtimoiy tarmog‘i sanalgan “Odnoklassniki” saytiga kuniga bir millionga yaqin o‘zbekistonlik kiradi.

Ayni paytda o‘zbek mulozimlari “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i o‘zbek yoshlarining ma’naviy tarbiyasiga juda katta zarar keltiryapti, degan havotirlarini saslantirmoqda.

"UZ domenida kontentlar filtrlanadi"


18 yillik tarixga ega UZ domeni mansub bo‘lgan InfoCOM tashkiloti etakchi mutaxassisi 27 yashar Vladislav Dexin Ozodlik bilan suhbatda. “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘iga ruju qo‘ygan o‘zbek yoshlari e’toborini qozonish uchun ma’naviy yuksak mazmundagi internet kontentlari ishlab chiqilayotganiga e’tibor qaratdi.

- Albatta, o‘zbek milliy domeni o‘zbek mentalitetini hisobga oladi va O‘zbekiston qonunlari asosida ishlaydi. Boshqa domenlardan farqi shuki, masalan, UZ domenida porno sayt ochish mumkin emas. Umuman, O‘zbekiston siyosati va qonunlariga qarshi har qanday kontent UZ domenida joylashtirilishi mumkin emas.Bunday kontentlar maxsus filьtr va dasturlar yordamida aniqlanib bartaraf qilinadi, dedi InfoCOM tashkiloti etakchi mutaxassisi Ozodlik bilan suhbatda.

Suhbatdoshga ko‘ra, pornodan tashqari siyosat haqida yozadigan mustaqil internet saytlari UZ domenida yo‘q. "Tashqi domenlarda bo‘lsa ham, ular O‘zbekistonda blokirovka qilinadi", dedi suhbatdosh.

O‘zbekiston “Internet dushmani” maqomida sobit


O‘zbekiston hukumati Chegara bilmas muxbirlar tashkiloti e’lon qilib keladigan "Internet dushmanlari" ro‘yxatidagi o‘rnini yillardan beri saqlab kelmoqda.

Chegara bilmas muxbirlar tashkilotining postsovet hududlaridagi matbuot va Internet erkinligi ahvolini muttasil kuzatib kelayotgan mutaxassislari O‘zbekiston hukumatining Internet ustidan nazoratni yanada kuchaytirganganidan tashvish bildirib kelishadi.

Mustaqil tadqiqotchiga ko‘ra, O‘zbekiston hukumatining o‘z fuqarolari Internetda nimalar qilayotgani, qaysi saytlarda, qaysi mavzularda bahs yuritayotganini yanada yaqindan, yanada sinchkovlik bilan kuzatishga o‘tganini tasdiqlovchi qator dalillar bor.

"Internet dushmanlari" ro‘yxatida O‘zbekiston, Belarus, Xitoy, Kuba, Shimoliy Koreya, Turkmaniston va Vetnam kabi davlatlar bilan yonma yon turadi
XS
SM
MD
LG