Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:41

Sirg‘ali tumanida birdaniga 5 mashina urishib ketdi


Voqea joyida olingan surat
Voqea joyida olingan surat

14 avgust kuni ertalab Toshkentning Sirg‘ali tumanida ikkita avtobus bitta KamAZ va ikkita "Neksiya" mashinasi ishtirokida avtoavariya ro‘y berdi. Natijada “Mersedes” rusumidagi avtobus shikastlandi. Rasmiylarga ko‘ra, voqeada hech kim jabrlanmagan.

14 avgust kuni ertalab Toshkentning Sirg‘ali tumanida ikkita avtobus bitta KamAZ va ikkita "Neksiya" mashinasi ishtirokida avtoavariya ro‘y berdi. Natijada “Mersedes” rusumidagi avtobus shikastlandi. Rasmiylarga ko‘ra, voqeada hech kim jabrlanmagan.

Toshkent halqa yo‘lining Sirg‘ali tumanidagi qismida 14 avgust kuni ro‘y bergan voqeaga tasodifan guvoh bo‘lgan jurnalist Abdurahmon Tashanov ko‘rganlari haqida Ozodlikka bularni aytdi.

- Toshkent katta xalqa yo‘lining Sergeli ko‘prigi atrofida ertalab soat 10 larda juda katta avtohalokat sodir bo‘lganiga guvoh bo‘ldim. O‘sha erda to‘xtab voqea tafsilotlarini surishtirdim. Ustiga qum ortgan "KamAZ" kelib yo‘lovchi avtobusning biqinidan urgan. Natijada yana bitta katta "Mersedes" yo‘lovchi avtobus va ikkita "Neksiya" avtomobili ham shikastlangan. Qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q. Bu avtohalokatlardan keyin ancha-muncha qattiq jarohat olganlar bo‘lishi mumkin, deydi Abdurahmon Tashanov.

Unga ko‘ra, avtoavariya bo‘lgan joyni Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari o‘rab olgan. Avtomobillar harakati to‘xtatilgan.

Sirg‘ali tuman Ichki ishlar bo‘limi navbatchisi Ozodlik bilan suhbatda tumanning 5-massivida chorshanba kuni ertalabki soat 09:25 larda beshta mashina ishtirokida avtoavariya ro‘y berganini tasdiqladi.

- Beshinchi massivda UzGazOil zapravkasi bor. O‘shani yaqinida bo‘lgan. Beshta mashina, ikkita "Mersedes" avtobus, ikkita Neksiya va bitta "KamAZ" mashinalari. Avtobusda yo‘lovchilar bo‘lmagan, dedi o‘z ismini aytishni xohlamagan Sirg‘ali tuman Ichki ishlar bo‘limi navbatchisi.

Militsiya xodimiga ko‘ra, to‘qnashuv buzilib qolgan “Mersedes” rusumidagi avtobusni texnik xizmat ko‘rsatadigan boshqa “Mersedes” avtobusi shatakka olib burilayotgan paytda sodir bo‘lgan.

Avariyaga uchragan avtobuslar Sirg‘ali tumanidagi yo‘lovchi tashishga ixtisoslashgan “4-Avtobus saroyi”ga tegishli bo‘lgan.

Mazkur avtosaroy direktori o‘rinbosari Ibrohim Mirtolibov voqea qanday ro‘y bergani haqida Ozodlikka bularni aytdi.

- Tortib ketayotganda bo‘lgan. Yigitlar yo‘lga chiqib kelayotgan transport vositalarini to‘xtatishgan. "KamAZ" to‘xtagan. Yonida boshqa "KamAZ" ham bo‘lgan. Avtobusni oldiga yaqin kelib urilgan. Ikkita oyna singan, yoni pachoq bo‘lgan. Har kuni bo‘ladigan avariya bo‘lganda. Katta moddiy zarar ko‘rilmagan. "KamAZ" ham tormozni bosgan. Lekin hisob-kitobda adashgan. Mashina qum olib ketayotgan bo‘lgan. Taq etib qattiq zarba bo‘lmagan. Avtobusda odamlar bo‘lmagan. Tan jarohati olganlar yo‘q, dedi 4-avtosaroy direktori o‘rinbosari.

Ibrohim Mirtolibov avtoavariya paytida o‘sha joyida burilayotgan ikkita "Neksiya" avtomobildan birining yoni ozgina qirilganini, yoshi ulug‘ kishi boshqarayotgan ikkinchi "Neksiya"ga hech narsa bo‘lmaganini qo‘shimcha qildi.

Mirtolibov chorshanba kungi avtoavariya aybdorini sud hakamlari aniqlashini ta’kidladi.

- Kim aybdor ekanini sud hal qiladi. Tergov hulosasiga qarab sudьya qaror chiqaradi. O‘sha qarorga qarab aybdor shaxs topiladi, dedi 4-avtosaroy direktori o‘rinbosari Ibrohim Mirtolibov.
XS
SM
MD
LG