Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:36

Misrda mamlakat bo‘ylab favqulodda holat joriy qilindi


Misr muvaqqat hukumati butun mamlakat bo‘ylab favqulodda holat joriy qildi.
Misr muvaqqat hukumati butun mamlakat bo‘ylab favqulodda holat joriy qildi.
Misr xavfsizlik kuchlari Qohirada islomchilar uyushtirgan ikkita namoyish lagerini kuch bilan tarqatishi natijasida ko‘plab odam o‘ldirilgani aytilmoqda. Qohira va boshqa shaharlarda yuzaga kelgan vaziyat bois butun mamlakat bo‘ylab favqulodda holat joriy qilindi.

Xavfsizlik kuchlari chorshanba kuni ertalab zirhli mashinalar va buldozerlar yordamda namoyishchilar lagerlariga bostirib kirib, ko‘z yoshini oqizuvchi gaz va ba’zi xabarlarga ko‘ra, o‘q otar qurollarni ishga soldi.

Misr hukumati Mursiy tarafdorlarining namoyish lagerlari kuch bilan tarqatilishi ortidan Qohira va boshqa shaharlarda yuzaga kelgan vaziyat tufayli butun mamlakat bo‘ylab favqulodda holat joriy qildi.

Chorshanba kuni televidenie orqali o‘qib eshittirilgan bayonotga ko‘ra, favqulodda holat rejimi bir oy davom etadi.

Misr prezidentlik kengashi armiyaga xavfsizlikni ta’minlashda politsiya bilan hamkorlik qilishni buyurdi.

Msir sog‘liqni salqsh vazirligi zo‘ravonliklar oqibatida mamlakat bo‘ylab 95 kishi halok bo‘lganini aytmoqda.

Миср полицияси собиқ президент тарафдорлари намойишини тарқатмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:51 0:00


Mursiyning Musulmonlar Birodarligi harakati halok bo‘lganlar soni 2200 kishi va jarohatlanganlar 10 mingdan oshiq demoqda.

Chorshanba kuni rasmiylar namoyishchilarning Nahda maydonidagi nisbatan kichikroq lageri norozilardan tozalanganini bildirdi. Ayni paytda, Rabaa al-Adaviya masjidi oldidagi namoyishchilar lagerini kuch bilan tarqatish amaliyoti davom etayotgani aytilmoqda.

Hokimiyatdan chetlatilgan prezident Mursiyga doir Musulmonlar Birodarligi harakatining etakchilaridan biridir.

Hodisa joyida olib berilayotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri telereportajlarda Rabaa al-Adaviya masjidi oldidagi ko‘prikdan tutun va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz chiqayotganini ko‘rish mumkin.

Misrning yana bir nechta shahrida norozilar bilan politsiya o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘lgani xabar qilinmoqda.

Davlat televideniesining xabar qilishicha, 200dan oshiq odam hibsga olingan. Mursiy tarafdorlari Qohiraga bora olmasin uchun butun mamlakat bo‘ylab temir yo‘l harakati to‘xtatildi.

Chorshanba kuni Evropa Ittifoqi barcha tomonolarni bosiqlikka chaqirdi.

Germaniya Tashqi ishlar vaziri Guido Vestervelle Misr muvaqqat hukumati va Mursiy tarafdorlarini qarama-qarshiliklardan voz kechib, o‘zaro muloqot o‘rnatishga chaqirdi.

- Barcha siyosiy kuchlarni muloqot va muzokara qilib, zo‘ravonliklarni avj oldirishdan tiyilishga chaqiramiz. Misrda qon to‘kilishining oldi olinishi kerak. Barcha tomonlarni siyosiy muloqot doirasiga qaytishga chaqiramiz, dedi Germaniya rasmiysi.

Britaniya Tashqi ishlar vaziri Uilьyam Heyg Misrdagi vaziyatdan “chuqur tashvishda” ekanini bildirdi.

Turkiya Prezidenti Abdulloh Gul Anqarada qilgan chiqishida Misrda namoyishchilarga qarshi kuch qo‘llanishi “mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan holatdir”, deya ta’kidladi.

Bosh vazir Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ma’muriyati BMT Xavfsizlik kengashi va Arab Davlatlari ligasini “zo‘ravonliklarni to‘xtatish uchun darhol harakat qilishni” talab qildi.

Qohiradagi namoyishlar paytida Britaniyaning Sky News telekanali operatori Mik Din otib o‘ldirildi.
XS
SM
MD
LG