Линклар

Futbol bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi 14 avgust kuni ikki jamoaga bo'lingan holda o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

Toshkentning JAR stadionida o'tgan uchrashuv Mirjalol Qosimov murabbiylik qilgan jamoaning 3:0 hisobidagi yirik g'alabasi bilan yakunlandi.

Mag'lub jamoaga O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ahmadjon Musayev yetakchilik qildi.

Uchrashuvdagi barcha gollarga Toshkentning "Paxtakor" futbol klubi o'yinchisi Jamshid Iskanderov mualliflik qilgan.

Eslatamiz, O'zbekiston terma jamoasi 14 avgust kuni Toshkentda Turkiya terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishi kerak edi.

Biroq Turkiya taraf 5 avgust kuni Toshkentda havo haroratining yuqoriligi va O‘zbekiston futbol federatsiyasi zarur sharoitlarni yaratib berolmasligini bildirgani sabab o'rtoqlik uchrashuviga kelmasligi ma'lum qilgan edi.

Jiddiy sinov yoqasida turgan Mirjalol Qosimov shogirdlarining 14 avgust kuni chetdan kelgan terma jamoa bilan kuch sinashish o'rniga bir-biriga qarshi o'ynagani o'zbekistonlik futbol muxlislarining keskin tanqidiga sabab bo'ldi.

- Sharmandalik! Jahon chempionatiga chiqish imkoniyatga ega mamlakatlar o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazayotgan bo‘lsa, faqatgina O‘zbekiston "oq terakmi ko‘k terak" o‘ynab yuribti. Mana Urugvay, JChga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoniyati bo‘lishiga qaramasdan, pley-off bosqichiga tushib Osiyo jamoasi bilan o‘ynash extimoli borligi uchun, Osiyoni eng kuchli jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini tashkillashtirdi, - deydi Futbol nikli Odnoklassniki.ru tarmog'i foydalanuvchisi.

Esingizda bo'lsa, O'zbekiston terma jamoasi JCh-2014 saralash o'yinlarining so'nggi guruh bosqichida "A" guruhida uchinchi o'rinni egallagab, pley-off bahslariga chiqqan edi.
O‘zbekistonlik futbolchilar pley-offda "B" guruhida 3 o‘rinni qo‘lga kiritgan Iordaniya terma jamoasi bilan bellashadi.
Osiyo pley-off o‘yinlari 6 va 10 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘tgan yili tashlangan qur‘aga ko‘ra, dastlabki o‘yin "B" guruhi vakili maydonida bo‘lib o‘tadi.
Agar O‘zbekiston terma jamoasi pley-offda ikki o‘yin natijasiga ko‘ra g‘olib chiqsa, u holda Janubiy Amerika saralash guruhida 5-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa bilan o‘yin o‘tkazish imkoniga ega bo‘ladi.
Janubiy amerikalik jamoaga qarshi bahslar 15 va 19 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Dastlabki o‘yin Osiyo qit‘asida bo‘lsa, javob o‘yini Janubiy Amerikada o‘tkaziladi.
Agar, u o‘yinda ham g‘alaba qozonsa, u holda O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishi mumkin.
XS
SM
MD
LG