Линклар

logo-print

Abituriyent-2013: Nihoyat test natijalari e'lon qilindi


Abituriyent O‘zbekiston Milliy universiteti Mexanika-matematika fakulteti test natijalarida o'z raqamini tekshirmoqda.

Abituriyent O‘zbekiston Milliy universiteti Mexanika-matematika fakulteti test natijalarida o'z raqamini tekshirmoqda.

Bugun, 16 avgust kuni O'zbekiston oliy ta'lim muassalariga kirish uchun 1 avgustda topshirilgan imtihon natijalari e'lon qilindi.

Abiturientlar test natijalarini o'zlari kirmoqchi bo'lgan o'quv dargohlarida uyushtirilgan ma'lumot stendlari, Davlat test markazi veb-sahifasi yoki mobil operatorlaridan atayin SMS xizmati orqali bilib olishlari mumkin.

Test natijasini SMS orqali olishi uchun abonent javob varaqchasi raqamini 5100 raqamiga SMS shaklida yuborishi kerak. Bir SMS 75 sentdan baholanadi.

DTMning rasmiy saytida ham test natijalari e‘lon qilingan. Biroq hozircha ushbu saytdagi test natijalari e‘lon qilingan maxsus sahifa ishlamayotgani aytilayapti.



Ayni damda talabalik baxtiga musharraf bo'lgan abituriyentlar va ularning yaqinlari ijtimoiy tarmoqlar orqali o'z quvonchlari bilan bo'lishishmoqda.




Davlat test markazi ma‘lumotiga ko‘ra, mamlakat oliygohlariga jami 480 ming 405 nafar abituriyent qabul qilindi. Ulardan faqat 56 ming 722 nafari talabalik baxtiga muyassar bo‘ladi. Ya‘ni har bir o‘rin uchun 8,47 abituriyent da‘vogarlik qildi.
XS
SM
MD
LG