Линклар

O‘zbek bokschisi Bahodir Mamajonov yana g‘alaba qozondi


O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Mamajonov promouteri Dong King bilan.

O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Mamajonov promouteri Dong King bilan.

Boksning WBA yo‘nalishi bo‘yicha yengil vazndagi jahon chempioni o‘zbekistonlik Bahodir Mamajonov 17 avgust kuni Yuta shtatining Solt Leyk Siti shahrida amerikalik bokschi Raynell Griffinga qarshi ringga tushib, reyting jangida raqibini mag‘lubiyatga uchratdi.

Bu 25 yoshli Bahodir Mamajonovning Dong King promouterligida o‘tkazadigan birinchi jangdir.

Shanba kungi g‘alabadan so‘ng Bahodir Mamajonov 15 ta jangdan 14 tasida yutgan, bitta o‘yinni boy bergan.

Mamajonovning raqibi - nyu-orleanlik bokschi Raynell Griffin (Rynell Griffin) esa 25 ta jangda 7 marta g‘alaba qilgan, 17 marta yutqazgan.



2013 yilning 12 aprel kuni Nevada shtatidagi jangda Bahodir Mamajonov kubalik Anjelo Santanani mag‘lub qilganidan keyin duyoning eng mashhur promouteri Don King u bilan 3 yillik shartnoma imzolagan edi.
XS
SM
MD
LG