Линклар

logo-print
Rossiyalik kosmonavtlar shu yilning noyabr oyida 2014 yili Sochida bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiada o‘yinlari mash‘alini Xalqaro fazo stantsiyasidan ochiq kosmosga olib chiqadi.

Roskosmos matbuot kotibining Interfaks axborot agentligiga aytishicha, ochiq kosmosga olib chiqilgan mash‘al kelasi yilning fevral oyida Sochidagi Olimpiada olovini yoqish uchun ishlatiladi.

Kosmosga olib chiqiladigan mash‘alda olov o‘rniga maxsus elektron yoritgichlar ishlatilishi aytilmoqda.

Olimpiada olovini Rossiyaning 2900ta qishloq va shaharlaridan olib o‘tish rejalashtirilgan. Buning uchun 14 ming dona maxsus mash‘al ishlab chiqilgan.

Rossiya hukumati Sochi Olimpiadasini o‘tkazish uchun 50 milliard AQSh dollaridan ko‘proq mablag‘ sarflamoqda.
XS
SM
MD
LG