Линклар

logo-print
O‘zbekistonning futbol bo‘yicha 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar terma jamoasi yakshanba kuni eronlik tengqurlariga qarshi narozat-o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi.

Toshkentning “JAR” stadionida o‘tgan ushbu uchrashuvda Dilshod Nuraliyev shogirdlari 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Uchrashuvdagi gollarga Iborhim Abdullayev va Izatilla Abdullayevlar mualliflik qilishdi.

O‘zbekiston va Eron o‘smirlar terma jamoalari Toshkentda yana ikki marta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishadi.

Ushbu bellashuvlar Nuraliyev shogirdlari uchun shu yilning oktyabr oyida 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatining final bosqichi oldidan tayyorgarlik vazifasini o‘tashi aytilmoqda.

U-17 Jahon chempionati Birlashgan Arab Amirliklarida 17 oktyabr - 8 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
XS
SM
MD
LG