Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:04

Oskar Pistoriusga nisbatan rasman ayblov e‘lon qilinadi


Bugun o‘z qallig‘ini o‘ldirganlikda ayblanayotgan janubiy afrikalik olti karra paralimpiada chempioni Oskar Pistoriusga rasman ayblov e‘lon qilinadi.

Pretoriya shahri sudi Pistoriusga nisbatan qasddan qotillik sodir etish ayblovini rasman ilgari surishi va mahkama sanasini belgilashi kutilmoqda.

Nogiron sportchi shu yilning fevral oyida 29 yoshli model Riva Stinkampni o‘ldirganlikda ayblanmoqda.

26 yoshli Pistorius 14 fevral kuni vannaxona ichida bo‘lgan Stinkampga eshik ortidan turib to‘rt marta o‘q uzganiga iqror bo‘lgan.

Biroq u buni tasodif ekanligi, chunki qallig‘ini uyni tunagani kirgan bosqinchi, deb o‘ylaganini iddao qilmoqda.

Ikkala oyog‘i yo‘q sportchi Oskar Pistorius maxsus metalldan tayyorlangan protezlar yordamida xalqaro musobaqalarda ishtirok etib kelgan va Janubiy Afrikada qahramon hisoblanadi.
XS
SM
MD
LG