Линклар

logo-print
Google korporatsiyasi serverlarining vaqtinchalik ishdan chiqishi dunyo bo'ylab internet traffikning qariyb 40 foizga pasayib ketishiga olib keldi.

Jumadan shanbaga o'tar kechasi ro'y bergan voqea haqida GoSquared tahliliy tadqiqotlar shirkati o'z blogi orqali ma'lum qildi.

Shirkat tadqiqotiga ko'ra, Google kompaniyasiga tegishli serverlarning 5 daqiqaga ishdan chiqishi natijasida dunyo bo'ylab yuklanayotgan internet sahifalarining soni 40 foizga pasaygan.

Serverlar qayta ishlay boshlaganidan so'ng esa, aksincha, internet traffikning birdagina o'sishi kuzatilgan. Bir necha daqiqadan so'ng dunyo internet traffigi bir maromga tushib qolgan, deydi GoSquared.

Google shirkati unga tegishli qator xizmatlar 17 avgust kuni bir daqiqadan besh daqiqagacha bo'lgan vaqt mobaynida ishlamaganini tasdiqladi, biroq buning sabablarini keltirmadi.

Google korporatsiyasiga tegishli Google.com qidiruv sayti dunyodagi eng mashhur vebsayt hisoblanadi. Google'ga tegishli YouTube xizmati ham mashhurlik bo'yicha dunyoda uchinchi o'rinda turadi.
XS
SM
MD
LG