Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:21

Ka‘bapo‘shni to‘qish kompyuterlashdi


Ka‘bapo‘shni tikish uchun 700 kilo tabiiy ipak qora rangga bo‘yaladi. Mustahkam paxtalik astarni biriktirish uchun esa 120 kilo oltin va kumush simlar ishlatiladi.
Ka‘bapo‘shni tikish uchun 700 kilo tabiiy ipak qora rangga bo‘yaladi. Mustahkam paxtalik astarni biriktirish uchun esa 120 kilo oltin va kumush simlar ishlatiladi.
Saudiya Arabistonining Makka shahridagi Ka‘ba binosini o‘rab turgan g‘ilof-ka‘bapo‘shni to‘qish jarayoni kompyuterlashdi. Saudiya Arabistoni Qiroli Abdulloh bin Abdulaziz shu paytgacha mexanik dastgohlarda to‘qilib kelgan, arablar kisva deb ataydigan ka‘bapo‘shni to‘qish jarayonini to‘la kompyuterlashtirish to‘g‘risida maxsus farmoyishni imzoladi.

Bu haqda Ozodlikka bildirgan O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Shayx Abdulaziz Mansurga ko‘ra, bu Islom dunyosinng ilm va taraqqiyotga ochiqligiga misol bo‘ldi.

1927 yili Saudiya Qiroli Abdulloh farmoni bilan Makkada tashkil qilingan fabrika Ka‘ba binosini o‘rtish uchun g‘ilof tikib keladi.

San‘atshunoslar islomiy san‘at va kalligrafiya namunasi deb bilgan kab‘apo‘sh undan avval Misrda maxsus to‘qilib keltirilar edi.

1964 yili Saudiya taxtiga o‘tirgan qirol Faysal Makkadagi fabrikani modernizatsiya qilib, o‘z davri uchun mukammal bo‘lgan to‘quv dastgoxlarini o‘rnattirdi.

Bu to‘quv dastgohlari yordamida fabrikaning 250 nafar ishchisi bir yil mobaynida ipak va zardo‘zidan iborat ka‘bapo‘shdan ikkitasini tayyorlagan.

Bir ka‘bapo‘sh har yili Zulhijja oyinining o‘ninchi kunida Qurbon hayiti arafasida Ka‘ba binosi ustiga o‘rtilgan.

Yana bir ka‘bapo‘sh esa rezerv sifatida har ehtimolga qarshi olib qo‘yilgan. Qoidaga ko‘ra hojilar Arafot tog‘ida turgan kunda, Makkadagi Ka‘bai muazzamaning g‘ilofi yangilanadi.

Joriy qoidaga ko‘ra, har yili Arafa kuni Ka‘baning kisvasi yangilanib, eskisi yechib olinadi.

Eski kisva esa parcha-parchalarga bo‘linib, Saudiya qiroli nazariga noyil bo‘lgan muhtaram mehmonlarga hadya qilinadi.

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari¸ Shayx Abdulaziz Mansur ham bir yil mobaynida Ka‘bani yopib turgan matodan bir parchasini sovg‘a sifatida olgan musulmonlardan biri.

Ozodlik bilan suhbatda Shayx Abdulaziz Mansur kab‘apo‘shning islomiy dunyoda tutgan o‘rnidan gapirdi:

- Bismillahir rohmanir rohim. Uni arablar “Kisvatul Ka‘ba” ham deydi. Fors tilida Ka‘bapo‘sh deydi. Biz endi o‘zbek tilida Kisva ham deyaveramiz, Ka‘bapo‘sh ham deyaveramiz. Baytullohni har yili arafa kuni ustiga yopiladigan, eski yopinchig‘ini olib tashlab yangisini yopadi. Bir yil ichida o‘sha yangisini tayyorlashadi. Haqiqatan biz o‘qiganmiz ham. yozilgan bu narsa. Jurnallarida ko‘rgan edik oldin. Misrlik bir oila ham hattotlik san‘atiga ega, ham naqqoshlik, ham tikuvchilik kasbini egallangan juda mohir tikuvchilar shuni tayyorlashar edi. Hozir Saudiyaning o‘zida tayyorlanadi. Hozirgi fan-texnika taraqqiy etib, endi uni qo‘lda maydalab, qiynalib tikib o‘tirish emas, endi elektronik yo‘l bilan yangi uslubda tayyorlashadigan bo‘libdi deb eshitdik. Kisva bir yil Ka‘baning ustida turgani uchun u tabarruk bo‘lib qoladi. Tabarruk bo‘lgandan keyin shunday tashlab yuborilmaydi¸- deydi Shayx Abdulaziz Mansur Ozodlik bilan suhbatda.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:47 0:00
Бевосита линк

Ka‘baning g‘ilofini almashtirish marosimi


Qoidaga ko‘ra, hojilar Arafotda turgan kunda, Makkadagi Ka‘bai muazzamaning g‘ilofi yangilanadi.

Bomdod namozidan so‘ng Makkadagi ka‘bapo‘sh fabrikasining 30 nafar xodimi Masjidul haram va Masjidun nabaviy alayhissalom mulozimlari hamrohligida ka‘bapo‘shni yangilash marosimini bajarishadi.

Har yili, Qurbon hayitdan bir kun avval Ka‘baning yangi kisvasi tantanali ravishda Banu Shayba urug‘iga taqdim etiladi.

Banu Shayba urug‘i o‘n beshinchi asrdan buyon Ka‘bai muazzamaga xizmat qilish, uning eshiklarini ochish, yopish va tozalikda saqlash ishlariga mas‘uldir.

Arafa kuni Ka‘ba xodimlari kisvani zamzam suvi bilan yuvib, so‘ng uni Ka‘baning ustiga yopib qo‘yishadi.


Qimmatbaho san‘at asari


Sa‘natshunoslar nazarida ka‘bapo‘sh islomiy san‘at va kalligrafiya namunasidir.

Bir dona ka‘bapo‘sh to‘qish uchun 5 mln 333 ming dollar sarflanishi aytiladi. Ka‘bapo‘sh to‘liq ipakdan bo‘lib, zarhal oltin iplar bilan tikilgan oyati karimalar bilan bezatiladi.

Ka‘bapo‘shni tikish uchun 700 kilo tabiiy ipak qora rangga bo‘yaladi. Mustahkam paxtalik astarni biriktirish uchun esa 120 kilo oltin va kumush simlar ishlatiladi.

Ka‘bapo‘shning bezagi uchun Qur‘oni Karimning 16 oyati va muborak kalimalar husnixat bilan yozib chiqiladi.

Ka‘bapo‘shning umumiy yuzasi 16 qismdan iborat bo‘lib, bo‘yi 14 metr, eni 45 metrni tashkil qiladi va Ka‘bani to‘rt tomondan eshigi sathigacha to‘liq yopib turadi.

Ka‘bani g‘ilof bilan o‘rtish Hazrati Ibrohimdan qolgan sunnat ekani rivoyat qilinadi.

Roviylarga ko‘ra Ka‘ba qadim zamonlarda palma yaprog‘idan to‘qilgan bo‘yra bilan yopilgan.

Muhammad (S.A.V.) hayotliklarida ka‘bapo‘sh Yamanda tayyorlangan. Xalifa Umar zamoniga kelib ka‘bapo‘sh Misrda to‘qiladigan bo‘ldi.

1927 yili Saudiya qiroli Abdulloh bu qoidani o‘zgartirib, ka‘bapo‘shni o‘z mamlakatida to‘qilishini joriy qildi.
XS
SM
MD
LG