Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 20:33

Moskvada Sherali Jo‘raturg‘unov bedarak yo‘qoldi


Joriy yilning mart oyida Moskvaning qoq markazida dom-daraksiz yo‘qolgan 23 yoshli Sherali Jo‘raturg‘unovni yaqinlari qidirmoqda. Bedarak ketgan o‘zbekistonlikning yaqinlari mahalliy politsiya murojaat qilganiga qaramasadan, bir necha oydan beri uni qidirish harakatlari besamar qolmoqda.

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on shahridan kelib Moskvada mehnat qilayotgan Shavkatjon 2013 yilning 23 martidan beri daragi chiqmayotgan ukasi Sherali Ma‘murjon o‘g‘li Jo‘raturg‘unovni qidirib yurganini Ozodlikka gapirib berdi.

Shavkatjonning aytishicha, ukasi 1990 yilda tug‘ilgan Sherali Moskvaning VDNX metro bekatidagi ish joyiga ketayotib dom-daraksiz yo‘qolgan.

- U 2012 yilning aprel oyida Moskvaga ishlagani kelgan edi. Moskvaga birinchi marotaba kelishi, lekin oldin Rossiyaning boshqa joylarida ishlab yurgan: 3-4 yil oldin Peterburgda ishlab ketgan. U o‘zi usta. Kelib avvaliga quruvchilik qilib yurdi. Keyin, VDNXdagi Kosmonavtlar ko‘chasi, 15 uydagi “Tanuki” yapon restoraniga chaqirib joylashtirib qo‘ydim. Ishi yaxshi edi - barda ishlardi. Rus tilini o‘rtacha bilardi.

19 mart kuni ishga borishidan 1,5 soat oldin – soat 4-5larda - men unga telefon qildim. “Ishga borasanmi?”, deb so‘radim, uxlab yotgan ekan. “Ha, boraman, aka”, dedi. Kechki payt 11 larda u bilan ishlaydigan Sherzod aka telefon qildi: “Ukang yo‘q, ishga kelmadi!”, dedi. “Menga telefon qilib, “sal kechroq boraman – og‘aynilar bilan ko‘rishishim kerak, soat 8-9 larga yetib boraman”, degan edi. Ikki marotaba telefon qildim – yonida o‘zbek bollar borga o‘xshadi. “Hozir yetib boraman”, deb aytdi”, dedi. Bu suhbat coat 8dan 8 yarimgacha bo‘lgan ekan. Soat 9 dan o‘tganidan keyin Sherzod aka telefon qilsa, “Aka, ozgina problema chiqib qoldi, yetib boraman”, degan va telefonni qo‘yib qo‘ygan,- deydi shundan keyin Sherali bilan aloqa uzilganini aytgan Shavkatjon.

Sheralining xonadoshlaridan olingan ma‘lumotga ko‘ra, kunduzi soat 4 yarimlarda noma‘lum shaxs Sheraliga telefon qilib, soat kechki 8 larga qayergadir taklif qilgan.

Shavkatjon ukasi yo‘qolib qolgani yuzasidan mahalliy politsiya bo‘limiga ariza bilan murojaat qilgani, biroq u yerda ishni paysalga solishayotganii aytadi.

- Ular hatto telefon detallashtirishni “Bizga hech narsa bermaydi, foydasi yo‘q”, deyapti. Bahonalar qilyapti, ularni majburlab bo‘lmasa... O‘zimiz harakat qilyapmiz – befoyda. Biz O‘zbekiston elchixonasiga ham murojaat qildik, Rossiya politsiyasiga xat yuborishibdi – hozircha javob kelgani yo‘q. Uni oxirgi marotaba metro Arbat yonida yashayotgan hamqishloq o‘rtoqlari ko‘rgan. “Sherali keldi, biz bilan choy ichib o‘tirdi. Sherigi telefon qilaverganidan keyin chiqib ketdi Arbatskiy metrosi taraf”, dedi ular,- deydi ukasi 19 mart kechki 9 lardan beri nom-nishonsiz qolayotganini gapirgan Shavkatjon.

23 yoshli Sherali Jo‘raturg‘unovni ko‘rganlar, u haqda biror ma‘lumotga ega bo‘lganlarni Ozodlikka ma‘lum qilishlarini so‘raymiz.
XS
SM
MD
LG