Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:42

Mariya Sharapova o'z brendini reklama qilish uchun familiyasini o'zgartiradi


Rossiyalik taniqli tennischi Mariya Sharapova AQShning Florida shtati sudiga o'z familiyasini Shugarpovaga (Sugarpova) vaqtincha o'zgartirish bo'yicha ariza topshirdi.

Bu haqda The Times nashri xabar bermoqda.

Xabarga ko'ra, tennischi familiyasini o'zgartirish orqali US Open xalqaro turinida o'ziga tegishli Sugarpova (sugar - shakar) brendi ostida chiquvchi shirinlik mahsulotlarini reklama qilmoqchi.

Katta dubulg'a turkumiga kiruvchi US Open xalqaro tennis turniri AQShda 26 avgustdan 8 sentyabrgacha bo'lib o'tadi.

Turnirdan so'ng rossiyalik tennischi Sharapova familiyasiga qaytadi.

US Open bellashuvlari televideniyada eng yuqori reytingga ega sport tadbirlaridan biridir.

Forbs jurnali Sharapovani 2012 yilda eng ko'p daromad ko'rgan ayol sportchilar ro'yxatining boshiga qo'ygan.

Jurnalga ko'ra, 26 yoshli Mariya Sharapova 2012 yilning iyul oyidan 2013 yilning iyuligacha 29 million AQSh dollariga teng daromad ko'rgan.

Turnirlardan tushgan mukofot puli 6 millionni tashkil etsa, qolgan 23 million reklama va brendlardan kelgan daromaddir.
XS
SM
MD
LG