Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:50

Vitaliy Klichko Ukraina prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘ymoqchi


UDAR partiyasi rahbari, ukrainalik boksyor Vitaliy Klichko 2015 yili o‘tkazilajak prezidentlik saylovida ishtirok etish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini bildirdi.

Yakuniy qaror qabul qilishdan oldin u jamoatchilik bilan maslahatlashishni rejalamoqda. Buning uchun Klichko o‘z komandasi bilan kuzda Ukraina bo‘ylab safar qilmoqchi.

Klichkoga ko‘ra, prezidentlik saylovida muxolifatdan yagona nomzod ishtirok etishi kerak. UDAR partiyasi rahbari bu masalani jamoatchilik tashkilotlari hal qilishlari lozimligini qayd etdi.

42 yoshli Vitaliy Klichko 1971 yili Qirg'iziston shimolidagi Chuy viloyatida tavalluv topgan. U professional karyerasida 47 jang o'tkazib, ulardan 45 tasida g'alaba qozongan (45 tasi nokaut bilan), 2 tasida mag'lub bo'lgan.
XS
SM
MD
LG