Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:51

Futbol: "Shaxtyor" qurbonlik keltirganidan so'ng g'alaba qozondi


Qozog'istonning "Shaxtyor" futbol jamoasi seshanba kuni Chempionlar ligasi saralash o'yinlari doirasida o'tgan uchrashuvda Shotlandiyaning "Seltik" jamoasini 2:0 hisobida mag'lub etdi.

Ostona shahrining "Astana-Arena" stadionida bo'lib o'tgan o'yindagi gollarga Andrey Finonchenko (12) va Sergey Hijnichenkolar (77) mualliflik qilishdi.

Ayni damda dunyo matbuoti qozog'istonlik jamoaning nomdor raqibi ustidan qozonilgan muhim g'alabasi bilan birgalikda o'yin oldidan stadionda o'tkazilgan qurbonlik keltirish marosimini ham muhokama qilmoqda.

Gap shundaki, "Shaxtyor" jamoasi "Astara-Arena" stadionida "Seltik"ka qarshi uchrashuv oldidan bir bosh qo'yni qurbonlikka keltirgan. Bu haqda dastlab Islam-Today nashri xabar tarqatdi.

Nashrga ko'ra, qurbonlik "Shaxtyor" futbolchilari tashabbusi bilan keltirilgan va buning uchun masjiddan domla taklif etilgan.

Qozog'iston va Shotlandiya futbol klublari o'rtasidagi javob uchrashuvi 28 avgust kuni Glazgo shahrida bo'lib o'tadi. Ikki uchrashuvdagi umumiy hisob bo'yicha g'olib chiqqan jamoa Chempionlar ligasining guruh bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.

Agar Shotlandiyadan ham qoniqarli natija bilan qaytsa, "Shaxtyor" Chempionlar ligasining guruh bosqichida qatnashadigan ilk qozoq jamoasiga aylanadi.


"Shaxtyor" - "Seltik" 2:0
XS
SM
MD
LG