Линклар

WikiLeaks Internet saytiga yuz minglab maxfiy hujjatni taqdim etganlikda ayblangan AQSh armiyasi askari Bredli Menning 35 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

25 yashar sobiq askarning ishi bo‘yicha hukm Merilend shtatidagi Ford Miyd sudida o‘qildi.

O‘tgan oy Bredli Menning 20 ta jinoyat sodir etganlikda ayblangan edi.

Prokurorlar Menningga 60 yillik qamoq jazosi berilishini so‘radi.

Biroq sud hakamlari eng og‘ir ayblov, ya‘ni, dushmanga yordam berganlik ayblovini inobatga olmadi.

Bredli Menning 2010 yilda Iroqda harbiy xizmatni o‘tagan paytda AQShning minglab maxfiy diplomatik yozishmalari, Iroq va Afg‘onistondagi janglardan yo‘llangan hisobotlarni WikiLeaks Internet saytiga bergan.

Bu AQSh tarixida eng katta hajmi ommaga oshkor qilingan maxfiy ma‘lumotlardir.
XS
SM
MD
LG