Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:51

Peta: Futbol kabi go'zal o'yin hayvonlar qoni bilan bulg'anmasin


Qozog'istonning "Shaxtyor" futbol klubi muhlislari
Qozog'istonning "Shaxtyor" futbol klubi muhlislari
Hayvonlar huquqlarini himoya qiluvchi Peta tashkiloti UYeFA rahbari Mishel Platinini Yevropa futbolida jonivorlarni qurbonlikka keltirishni ta'qiqlashga chaqirdi.

Bunga 20 avgust kuni Qozog'istonda mahalliy "Shaxtyor" futbol jamoasining Chempionlar ligasi saralash bahslari doirasidagi uchrashuvi oldidan "Astana-Arena" stadionida qo'yni qurbonlikka keltirgani sabab bo'ldi.

Platini nomiga yozilgan xatda Peta tashkiloti futbol kabi go'zal sport turini hayvonlar qoni bilan bulg'amaslikka chaqiradi.

- Biz qozoq jamoasiga omad keltirish uchun uchun qo‘y so'yilganidan juda tashvishga tushdik. Zamonaviy jamiyatda hayvonning qurbonlik keltirilishiga o‘rin yo‘q. Janob Platini bizning bu fikrimizga qo‘shiladi, degan umiddamiz. UYeFAning futbol kabi go‘zal o‘yinning hayvonlar qoni bilan bulg‘anmasligi yo‘lida tezkor va qat‘iy chora ko‘rishiga umid qilib qolamiz, - deydi Peta rahbari muovini Mimi Bekxechi.

Eslatamiz, qurbonlik keltirilgan stadionda "Shaxtyor" futbol jamoasi Shotlandiyaning nomdor "Seltik" jamoasini 2:0 hisobida mag'lub etishga muvaffaq bo'ldi.

Jamoalar o'rtasidagi javob uchrashuvi 28 avgust kuni Glazgo shahrida bo'lib o'tadi. Ikki uchrashuvdagi umumiy hisob bo'yicha g'olib chiqqan jamoa Chempionlar ligasining guruh bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.

Agar Shotlandiyadan ham qoniqarli natija bilan qaytsa, "Shaxtyor" Chempionlar ligasining guruh bosqichida qatnashadigan ilk qozoq jamoasiga aylanadi.
XS
SM
MD
LG