Линклар

logo-print

"Yangi iPhone eskisiga qaraganda 31 foizga kuchliroq bo'ladi"


iPhone smartfonining evolyutsiyasi - 2007 yildan 2012 yilgacha.

iPhone smartfonining evolyutsiyasi - 2007 yildan 2012 yilgacha.

10 sentabr kuni e'lon qilinishi kutilayotgan yangi iPhone smartfoni oldingi modeligi qaraganda 31 foizga tezroq ishlashi mumkin.

Bu haqda Apple shirkatidagi manbalariga asoslanib Fox News Channel telekanali boshlovchisi Kleyton Morris shaxsiy Twitter sahifasi orqali ma'lum qildi.



Morrisning yozishicha, yangi iPhone modelida A7 protsessori o'rnatilgan bo'lib, u iPhone 5 smartfonida o'rnatilgan A6 chipiga nisbatan 31 foizga kuchliroqdir. Jurnalist bu haqda ma'lum qilgan manbasi kim ekanini oshkor etmadi.

Qator texnobloglarning yozishicha, Apple shirkatining yangi smartfoni iPhone 5S nomi bilan sotuvga chiqadi va narxi odatdagidek 600 dollardan boshlanadi.

iPhone 5S da nafaqat kuchli protsessor, balki soniyasiga 120 kadr bilan videoga olish qudratiga ega kamera ham o'rnatilishi aytilmoqda.

Avvalroq xabar berganimizdek, 10 sentabr kuni Apple yangi iPhone bilan birga uning arzonlashtirilgan modelini ham e'lon qilishi kutilmoqda. Mashable nashriga ko'ra, "tishlangan olma" shirkatining arzonlashtirilgan smartoni iPhone 5C deb nomlanadi va narxi 200 AQSh dollari atrofida bo'ladi.

Arzonlashtirilgan iPhone asosan plastik va boshqa qimmat bo'lmagan materiallardan tayyorlanishi tahmin qilinmoqda.

Mahsulotlarining ekslyuzivligiga urg'u berib, narxini baland ushlab turadigan Apple shirkatining arzon smartfonlar ishlab chiqarishga rivojlanayotdan, biroq potensiali yuqori bo'lgan davlatlar bozoridagi raqobat majburladi, deydi AllThingsD.com nashri.

Nisbatan arzon va Android tizimida ishlovchi Samsung smartfonlariga, ayniqsa Galaxy modellariga, rivojlanayotgan davlatlardagi qimmat narxni ko'tara olmaydigan iste'molchilar orasida talab kattadir.

Aziz mushtariy, sizningcha, Apple shirkatining arzonlashtirilgan iPhone modeli O'zbekiston bozorida Samsung smartfonlari bilan raqobat qila oladimi?
XS
SM
MD
LG