Линклар

Vitaliy Denisov "Lokomotiv"-"Rostov" uchrashuvi yulduzi


Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Vitaliy Denisov Livan termasiga qarshi o'yinda. Beyrut, 8 iyun 2012 yil.

Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Vitaliy Denisov Livan termasiga qarshi o'yinda. Beyrut, 8 iyun 2012 yil.

Ayni damda Rossiyaning "Lokomotiv" futbol klubida to'p surayotgan o'zbekistonlik futbolchi Vitaliy Denisov dushanba kuni "Rostov" jamoasiga qarshi o'tgan uchrashuvning haqiqiy yulduziga aylandi.

26 yoshli himoyachi Denisov rostovliklar darvozasiga kiritilgan 5 ta javobsiz golining 3 tasiga assistentlik qilib, "Lokomotib" g'alabasiga katta hissa qo'sha oldi.

O'zbekistonlik futbolchining bo'sh qolgan chap qanotdan mohirona oshirgan uzatmalari uchrashuvning 57, 62 va 83-daqiqalarida gol bilan yakunlandi.

44-daqiqada kiritilgan ilk gol esa aynan Denisovning pasi bilan boshlanganini ham aytib o'tish joiz.



"Temiryo'lchilar"ning yirik g'alabasiga nafaqat jamoaning kuchli o'yini, balki "Rostov"ning ikki himoyachisi 54 va 60-daqiqalarda qizil kartochka olib maydonni tark etgani ham sababchi bo'ldi.

Ushbu g'alabadan so'ng "Lokomotiv" jamoasi 13 ochko bilan Rossiya Premyer-ligasi jadvalining ikkinchi o'rniga ko'tarilib oldi.

Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Vitaliy Denisov futbolchilik faoliyatini "Paxtakor" yoshlar jamioasida boshlab, keyinroq Moskvaning "SSKA", NIjniy Novgorodning "Spartak" va Dnepropetrovskning "Dnepr" jamoalarida to'p surgan. U "Lokomotiv" futbol klubiga 2013 yili qo'shilgan.
XS
SM
MD
LG