Линклар

Qozog‘istonlik futbolchilar hayvonlarni himoya qiluvchi RETA xalqaro tashkiloti noroziligidan so‘ng Shotlandiyaning Glazgo shahrida qo‘y so‘yib qurbonlik qilmaydigan bo‘ldi.

Qarag‘anda shahrining “Shaxtyor” futbol jamoasi chorshanba kuni mintaqa futbol jamoalari orasida birinchi marta Yevropa futbol turnirining Chempionlar ligasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritish uchun Glazgoning “Seltik” jamoasi bilan maydonga tushadi.

O‘tgan hafta “Shaxtyor” “Seltik” bilan Ostonada maydonga tushgan va 2:0 hisobida g‘olib bo‘lgan edi. Mazkur uchrashuv arafasida “Shaxtyor” klubi futbolchilari va muhlislari qo‘y so‘yib, qurbonlik qilgan. Bu voqea ortidan hayvonlar huquqini himoya qiluvchi RETA tashkiloti UYeFAga norozilik maktubi jo‘natgan edi.

“Shaxtyor” va “Seltik” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin Ostona vaqti bilan 29 avgustga o‘tar kechasi Yevropadagi 50 ta eng yaxshi stadionlardan biri bo‘lgan "Celtic Park"da bo‘lib o‘tadi.
XS
SM
MD
LG